Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


IV. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

IV. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK
ETUVCHI DAVLAT IDORALARI
1. O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya 
va sport sohasidagi asosiy vazifalari.
2. Xalqta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va 
sport ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki.
3. Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil 
qilish. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish, «Sog’lom avlod uchun» 
davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar.
4. Ichki ishlar, mudofaa, qishloq va suv xo’jaligi, engil sanoat, madaniyat 
ishlari va boshqa sohalar bo’yicha idora qiluvchi vazirliklarning jismoniy tarbiya 
va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari.
4.1. O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy 
tarbiya va sport sohasidagi vazifalari
Xalq xo’jaligining barcha sohalari bo’yicha mutaxassis xodimlarni tayyorlash 
ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning ish 
tajribalaridan maqsadli foydalanilmoqda. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti va 
davlatlararo qo’shma korxonalarning yurtimizda faoliyat ko’rsatishi zamon 
talablari asosida kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda.
Boshqa davlatlar kabi O’zbekistonda ham yangi asrda ijtimoiy-iqtisodiy
madaniy va sport taraqqiyoti uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 
buyuk kelajakning sog’lom avlodlarini tarbiyalab etishtirish, bo’lajak o’qituvchi, 
shifokor, muxandis, aktyor, rassom va barcha sohalardagi mutaxassislarni jismoniy 
kamolot sari etaklash buguniing muhim vazifalaridan biridir. Jismoniy jihatdan 
barkamol mutaxassislarni tarbiyalab etishtirishda o’quv yurtlariga ega bo’lgan 
vazirliklar, davlat qo’mitalari, konqernlar, davlat kompaniyalari o’z hissalarini 
qo’shmoqdalar.
M a’lumki, o’quv yurtlarining dasturlari hamda o’quv rejalari Xalq ta’limi va 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan ishlab chiqilsada, ular boshqa 
sohalardagi vazirliklar tarkibidagi barcha o’quv yurtlarida bevosita qo’llaniladi. 
Ular asosan o’quv yurtlarini moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan ta’minlashda 
xizmat qiladi.
SHunga ko’ra, o’quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan yagona «Jismoniy 
tarbiya» dasturi barcha turdagi o’quv yurtlarida qo’llaniladi.
O’quv yurtlarining asosiy qismi Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirliklari tarkibida bo’lsada, tibbiyot, savdo, qishloq va suv xo’jaligi, texnika, 
qurilish va boshqa sohalardagi vazirliklar hamda qo’mitalar tarkibida ham o’rta 
maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularda jismoniy tarbiya darslari, sport 
turlari bo’yicha mashg’ulotlar, ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari 
Davlat dasturi asosida olib boriladi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari 
asosida bo’lajak mutaxassislarning jismoniy kamolotini oshirish ishlari amalga 
oshiriladi.
24


O’quv yurtlariga eta bo’lgan barcha davlat idoralarida «Jismoniy tarbiya va 
sport to’g’risida»gi Qonun, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, davlat ta’lim 
standarti talablari amalga oshiriladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling