Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


partiyalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Navro’z», «Mahalla», «Ekosan»


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin


partiyalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Navro’z», «Mahalla», «Ekosan» 
va boshqa jam g’arma va uyushmalar mavjud.
5. 
Boshqarishda bir qator tamoyillar (prinqiplar) mavjud bo’lib, u 
O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan 
holda amal qiladi. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunning 3- 
moddasida «Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinqiplari» quyidagicha belgilangan.
- insonparvarlik;
- demokratizm;
- fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
- jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.
Bu tamoyilida negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport
mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir 
natijalariga xolisona (ob’ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir.
Insonparvarlik prinqipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa 
mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va 
o’tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga 
nisbatan g’amxo’rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy tarbiya va sport 
bilan aholining tobora ko’proq qismi shug’ullanishini ta’minlash kabi ishlar kuzda 
tutilgan.
Demokratizm prinqipi jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi 
xalqchillik, ko’pchilikning xohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va 
rahbarlarni saylash, shuningdek ularning o’z jamoalari oldida muntazam hisobot 
berib borishlaridan iborat.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi prinqipi asosan 
o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to’garaklari mashg’ulotlarining 
doimiy tashkil qilinishini ko’zda tutadi. SHuningdek, mehnatkash aholi va keksa 
kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etishdir. Bunda 
turli musobaqalarni muntazam o’tkazish, sog’lomlashtirish markazlarining ish 
faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu prinqiplarning yana bir jihati 
shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlariga jalb etish
ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog’lom 
avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, 
ularni rejalashtirish, musobaqalar o’tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va 
boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy 
ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport 
musobaqalarini o’tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi 
faoliyatlarda xolisona (ob’ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga 
ko’maklashishi hisobga olingan.
5


6. 
Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko’p maxsus atamalar ishlatiladi 
va ularning mazmunida o’ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi 
ma’nolar mavjud. «Jismoniy tarbiya», «Jismoniy madaniyat», «Sport» kabi 
tushunchalarning mazmuni va mohiyati «Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
uslubiyati» fanida etarli darajada bayon kilingan. SHu sababdan ularga alohida 
to’xtalish zaruriyati yo’q. SHunday bo’lsa-da, qisqacha tavsif berish joizdir. 
YA’ni:

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling