Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarida jismoniy tarbiya


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

4.2. Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarida jismoniy tarbiya 
va sport ishlarini tashkil qilish
Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya 
darslari ham o’zining mazmunan va shaklan o’rni hamda mohiyatiga ega. SHu 
tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, maxsus maktablar, 
kollej, li^eylar, o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlari, sport maktablari hamda 
maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga alohida o’rin berilgan. 
O’quv yurtlari va turli muassasalarning ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning 
mazmuni, shakli va xususiyatlari ham o’ziga xosdir. Ularni tashkil qilish va 
boshqarishning ham alohida xususiyatlari mavjud. SHu tufayli Xalq ta’limi 
vazirligi tizimiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish bo’limlari, turli 
idoraviy va jamoat sport tashkilotlari ham kiradi.
SHu o’rinda aytish kerakki, «Ta’lim to’trisida»gi Qonun asosida hozirgi 
kunda respublikada xalq ta’limi tizimida keskin o’zgarishlar, islohotlar 
o’tkazilmoqda. Jismoniy tarbiya darslari davlat ta’lim standartlari asosida tashkil 
etilmoqda. Respublikadagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin 
o’quvchilar ta’lim olmoqda. O’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlaridagi 
talabalarning soni ham tobora o’sib bormoqda. Ularda 17 mingdan ortiq 
o’qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg’ulotlar o’tkazmoqda. Deyarli barcha 
o’quv yurtlarida sport zallari, o’yin maydonlari, ba’zi birlarida suv havzalari 
mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari bo’yicha har yili «Quvnoq startlar», «Umid 
nihollari» musobaqalari o’tkazib kelinmoqda. Bu holatlar o’rta va oliy pedagogika 
o’quv yurtlarida birmuncha ko’proq va sifatliroq tashkil qilinadi. O’quvchi 
yoshlarning ko’pchiligi turli sport to’taraklari, sayohatlar ommaviy sport 
musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida turli doirada 
va toifada tashkil qilingan bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatadi, 
ularning o’ziga xos tashkiliy, moliyaviy-xo’jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning 
hammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mehnat talab qilgandi.
O’quvchi 
yoshlarning 
darsdan 
tashqari 
sport 
va 
sog’lomlashtirish 
mashg’ulotlarini tashkil qilish va sport musobaqalarini o’tkazishda ularning 
jamoatchi tashkilotlari, ya’ni «YOshlik», «Talaba», sport uyushmalari hamda 
ularning quyi tarmoqlari xizmat qiladi.
YAna shuni ham e’tirof etish kerakki, mustaqillik sharofati bilan milliy 
qadriyatlar, urf-odatlar tiklanmoqda. Bu juda ko’p ijobiy tomonlarga ega bo’lish 
bilan birgalikda, maktab o’quvchilari, ayniqsa, mahalliy millat qizlarining jismoniy 
tarbiya, sport bilan shug’ullanishlari haqida turli fikr va mulohazalarni ham keltirib 
chiqarganligi sir emas. YA’ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi, hozirgi 
mavjud bo’lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va hokazolar. Bu haqda Xalq 
ta’limi vazirligi, Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi o’zining katta anjumanini 
Farg’onada o’tkazib, ma’lum qarorga keldi. Bu, o’z navbatida, aholining xaqli
25


e’tirozlarini inobatga olish va qizlar mashg’ulotlarini talab va zamon sharoitiga 
moslab o’tkazishda bir qadar olg’a siljish bo’ldi. Lekin mazkur sohada 
mutaxassislar, qizlarning o’zlari va ba’zi bir ota-onalarning ham jiddiy e’tirozlari 
borki, qizlarni jismoniy tarbiya va sportdan butunlay uzoqlashtirish mumkin emas.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida bevosita jismoniy tarbiya va sport ishlariga 
rahbarlik qiluvchi bo’limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga 
oshirishda rahnamolik qiladilar:
1.O’quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va 
hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishni 
o’rgatish.
2.Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sportning mohiyatini, o’rnini 
ongli ravishda tushunishlariga erishish.
3.Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va turli musobaqalarda 
qatnashish yo’li bilan o’zlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) 
ahilligi, o’zaro hurmat va g’oliblik, kurash yo’llarini o’rgatish.
4.Jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatga tayyorgarlik va Vatan himoyasi 
uchun o’z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va 
«Barchinoy» maxsus testlarini to’la bajarishlariga erishish.
5.Sport cho’qqilarini egallashga chorlash, xalqapo sport maydonlarida 
respublika obro’yini ko’tarish tuyg’ularini kuchaytirish va vatanparvarlik 
fazilatlarini rivojlantirish.
6.Bo’lajak kasbga tayyorlash va qaysi kasb-hunar bo’lmasin, o’z sog’liqlarini 
mustahkamlashga intilish, kelajakda sog’lom avlod uchun kurash yo’llarini 
egallash va hokazolar.
Ana shu faoliyatlar o’quv yurtlarida qanday amatta oshirilayotganligi bilan 
faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko’p mutaxassislar, ilmiy 
xodimlar ham qiziqadi. 
Ana shularni 
e’tiborga olgan holda maktab 
o’quvchilarining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlari hamda ularning 
jismoniy tayyorgarlikdarini o’rganish maqsadida maxsus izlanish va tadqiqot 
ishlarini olib borish davom etmoqda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo’mitasi va 
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining 1991-1995; 1996-2000 hamda 
2005 yilgacha mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo’nalishi 
va ilmiy hisobotlarida o’z ifodasini topgan. SHuningdek, bir qator o’quv 
qo’llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e’lon 
qilindi.
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari 
va 
Vazirlar 
Mahkamasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish yo’lida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi etakchi hisoblanadi. 
Muassasaviy mansublikdan qatbiy nazar, barcha o’rta maxsus va oliy o’quv 
yurtlarining o’quv rejalari, dasturlari, shu vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi. SHular qatorida o’quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya 
darslari, ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va 
talablar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport 
mashg’ulotlarini tashkil qilishda ularga rahbarlik tartibi, «Jismoniy tarbiya va sport
26


to’g’risida»gi, «Ta’Hm to’g’risida»gi qonunlar hamda davlat ta’lim standartlarida 
ko’rsatilgan umumiy qoidalar asosiga tayaniladi. Eng muhimi «Alpomish» va 
«Barchinoy» maxsus testlari talablarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bunda 
Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi tizimi tarkibidagi bir qator maxsus bo’limlar 
va tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi. Bular quyidagilar:
1.0liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Jismoniy tarbiya va sport» 
bo’limi.
2.0liy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya kafedralari va sport 
klublari.
Ularning faoliyatiga ko’maklashuvchi sport jamiyatlari ham mavjud, ya’ni:
1.Respublika Oliy o’quv yurtlari talabalarining «Talaba» sport uyushmasi, 
uning viloyatlardagi tarmoqlari /sport klub, bo’limi va hokazolar/.
2.Respublika o^quvchi-yoshlarining «YOshlik» sport ja-miyati, uning 
joylardagi sport klublari.
O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari 
asosan quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgandir:
1. O’quvchi-yoshlar va talabalarning sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy va 
ma’naviy kamolotini yuksattirish, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish 
bilan bog’liq barcha tadbir hamda faoliyatlarni ta’minlash.
2. Bo’lajak kasb-hunar yo’nalishi asosida jismoniy tarbiya va sportning 
nazariy bilimlari, amaliy ko’nikmalari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil 
qilish usullari bilan qurollantirish.
M a’lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bilan bog’liq sohalar juda 
ko’p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo’lda kasb- 
hunar kollejlari, turli yunalishdagi bilim yurtlari o’z faoliyatlarini davom 
ettirmoqda. SHu bilan birgalikda, Davlat ta’lim standartlari hamda «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» asosida yangidan kollejlar, li^eylar, gimnaziyalar tashkil 
etilmoqda. Bunday o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport 
turlari bir-muncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy masalalar 
umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib boriladi. Ularning 
«Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir.
YUqorida qayd etilgan Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari 
tizimining barcha turdagi hamda toifadagi o’quv maskanlari, muassasalarida 
«Jismoniy tarbiya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. O’quvchi-yoshlar 
va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda 
ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog’lom avlod tarbiyasi, ularning 
ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lib usishlarini ta’minlashga 
qaratilgandir. Ularning Universiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari 
tarkibiga kirib bormoqda.
Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari o’z faoliyatlarini 
o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’lajak mutaxassislarni jismonan 
barkamol qilib tarbiyalab etishtirish maqsadiga qaratganlar.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling