chiqilishi, uni hayotda qo’llashga qaratilgan bir qator qarorlarning qabul qilinishida
ifodalangan.
O’zbekiston Prezidenti va xukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar
yili» (1999 y.) «Sog’lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon
qilindi. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko’p madaniyat, sport tadbirlari
hamda «Hech
kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida o’tkazib
borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish
mumkin.
«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshnrish Sog’liqni
saqlash
vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. SHu
sababdan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlariga katta urg’u
bermoqda. SHuningdek, o’quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini
o’stirish, aholining salomatligini yaxshilash
borasida mutasaddi vazirliklar,
«Sog’lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro’z», «Ekosan» kabi xayriya
jam g’armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuklatilgan.
Sog’lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari,
ommaviy-sog’lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiya,
sayohat va Xalq milliy
o’yinlaridan foydalanishni yaxshi yo’lga qo’yishda xalq ta’limi va Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorliqda O’zbekiston Respublikasi Davlat
jismoniy tarbiya va sport qumitasi faol ishtirok etmoqda. Bunda «Alpomish» va
«Barchinoy» maxsus testlari, o’tkazilayotgan spartakiadalar, universiadalar va turli
sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo’lib hisoblanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: