4.3.2. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish
O’tgan bo’limda asosan, tibbiyot sohasidagi o’quv yurtlari va davolash
muassasalarining ba’zi bir faoliyatlari tilga olindi. Unda aholi istiqomat qiluvchi
joylarda faoliyat ko’rsatuvchi poliklinikalar, shaxsiy davolash muassasalari alohida
o’ringa egadir.
Aholi istiqomat joylarida ko’pchilik kasalliklarning turlariga qarab davolash,
nazorat qilish, tez yordam ko’rsatish kabi bo’limlar, laboratoriyalar, ilmiy-uslubiy
markazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Bemorlarni poliklinikada yoki uylarida ko’rish, davolash.
2. Poliklinika tarkibidagi laboratoriyalar, davolash bo’limlarida uqalash
/massaj, trenajerlarda mashq bajarish va hokazolar/ sog’lomlashtirish tadbirlari.
SHular asosida poliklinika shifokorlari bemorlarni maxsus hisobga olish
(og’ir bemorlar, nogironlar va h.k.) va davriy nazorat qilish guruhlariga ajratadi.
Ular bilan ishlashda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, tabiatning
sog’lomlashtiruvchi omillaridan foydalanish, tozalik va gigienik qoidalarga rioya
qilish tavsiya etiladi. O’z navbatida, bu faoliyatlarning bajarilishi, ularning
samaralarini doimiy ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. SHu tariqa shifokorlar
bemorlarning sog’lig’ini qayta tiklaydilar va ularni muhofaza qiladilar.
M a’lumki, aholining o’zini-o’zi boshqarish idoralari qonun asosida tashkil
etilgan. Bunda mahalla oqsoqollari kengashi faoliyati alohida ahamiyatga egadir.
Bularning ish faoliyatida poliklinika shifokorlari ham bevosita ishtrok etib,
aholining salomatligi, yoshlarning oila qurishi kabi masalalarda suhbatlar va
ma’ruzalar olib boradi. Bu faoliyatlar ham aholining, ayniqsa yosh bolalar,
onalarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. YOsh
ota-onalarning
salomatligini
ta’minlashdagi
nazariy
bilimlari
hamda
ko’nikmalarini rivojlantirishda shifokorlarning hissalari g’oyat kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |