Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport jamiyatlari («O’zbekiston», «Talaba», «Dinamo», «YOshlik»


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

5.2. Sport jamiyatlari («O’zbekiston», «Talaba», «Dinamo», «YOshlik», 
«Vatanparvar» tashkiloti va x.k.) va ularning quyi tarmoqlari tuzilishi 
5.2.1. «O’zbekiston» jismoniy tarbiya-sport jamiyati
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda Davlat jismoniy 
tarbiya va sport qo’mitasi hamda boshqa davlat idoralariga ko’maklashuvchi sport 
jamiyatlari haqida o’tgan bo’limlarda ma’lumotlar berildi. Bu bo’lim-da esa 
ularning tarixiy shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi sharoitdagi asosiy vazifalari 
bilan tanishtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federa^iyasi Markaziy 
kengashi tarkibida tarmoqlilik tamoyillari asosida yaqin o’tmishimizgacha turli 
sport jamiyatlari faoliyat ko’rsatib keldi, ya’ni:
1. «Spartak» ko’ngilli sport jamiyati (KSJ - DSO) engil sanoat ishlab chiqarish 
korxonalari, savdo xodimlari va o’rta maxsus o’quv yurtlarini o’z ichiga olgan.
2. «Burevestnik» KSJ - oliy o’quv yurtlari talabalarining sport jamiyati.
3. «Mehnat» KSJ - zavod, fabrika va ular bilan bog’liq ishlab chiqarish 
jamoalari sportchilarini birlashtirgan.
4. «Paxtakor» KSJ - qishloq mehnatkashlari va sportchilarini o’ziga qamrab 
olgan.
5. «Lokomotiv» KSJ - temiryo’l ishchilari sport jamiyati.
6. «Zenit» - havo yo’llari (fuqarolar samolyoti) xodimlarining sport jamiyati.
7. «Vodnik» KSJ - suv yo’li va ko’llar, suv omborlari hamda ular bilan 
bog’liq tashkilotlar xodimlarining sport jamiyati.
Ta’kidlash zarurki, bu sport jamiyatlari 40 yildan ortiq faoliyat ko’rsatib keldi. 
Qayta qurish yillari boshqaruvchilik ishlarini ixchamlashtirish yo’lida bir qator 
tadbirlar amalga oshirildi. Bundan sport ham chetda qolmadi. Natijada, 1987 yilda 
barcha sport jamiyatlari yagona kasaba uyushmalari sport jamiyatiga birlashtirildi. 
O’zbekistonda bu jamiyat 1991 yilda qayta ko’rib chiqildi va uning ta’sis
35


anjumanida O,zbеkistоn Respublikasida kasaba uyushmalari federa^iyasining 
jismoniy tarbiya-sport jamiyati («O,zbеkistоn») deb qabul qilindi. Bu sport 
jamiyatining Nizomida ta’kidlanganidek, u mustaqil ravishda 
0’zini-o’zi moliyaviy 
ta’minlash yo’liga o’tdi.
Bu sport jamiyatining Markaziy kengashi, hay’ati, bo’limlari mavjud. Uning 
qoshida viloyatlar va barcha tumanlardagi kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya va 
sport jamiyatlari kengashi tuzilgan. Ularning tarkibida maxsus sport klublari 
mavjud. Ba’zi viloyatlar va tumanlarda bu sport jamiyatini «Paxtakor» sport 
jamiyati deb qabul qilganlar. Bu, o’z navbatida, aniq maqsadga qaratilganligidan 
daMat beradi. CHunki barcha viloyatlarning ko’pgina tumanlari qishtoq aholisi va 
mehnatkash ishchi sportchilarni o’z ichiga oladi.
Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati ko’p tarmoqli va keng 
kamrovli jamiyatlar tarkibiga kiradi. SHu sababdan ishlab chiqarish jarayonlari
mehnat turlari, shart-sharaitlarning qay darajadaligi jamiyatning faoliyatini 
belgilaydi. Bu sport jamiyatining Nizomida uning tashkiliy tuzilishi, vazifalari
moddiy-texnik manbai, m oliyaviy-xojlik faoliyatlari va boshqa sohalar aniq 
belgilab berilgan. Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport harakatining boshlang’ich 
tashkiloti - jismoniy tarbiya jamoalari va sport klublaridir. Ular ishlab chiqarish 
korxonalari, o’quv yurtlari va turli muassasalarda maxsus Nizom asosida tashkil 
etiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling