Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Mahalla oqsoqollari keshgashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya «a


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

8.2.3. Mahalla oqsoqollari keshgashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya «a 
sport ishlarinipg mazmuni hamda vazifalari
Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatlari keng qamrovli va fidokorona 
mehnat qilishni talab etuvchi sohatardan hisoblanadi. Mahallada jismoniy tarbiya 
va ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish faoliyatlari yil sayin kengayib va ularga 
bo’lgan e’tibor kuchaymoqda.
Xalq iborasi bilan aytganda, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan 
boshlanadi. Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-tuyg’ulari, 
sadoqati, fidoiy mehnati, o’zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon 
bo’ladi. Bu o’rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, 
ayniqsa, Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroki, g’alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor 
ekanligini aytib o’tish kerak. Ayniqsa, yurtimiz bayrog’ining uzoq o’lkalarda viqor 
bilan ko’tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi sportchilarning ona - Vatan 
sharafi uchun kurashgan va hissa qo’shganligining timsolidir. Buning boisi 
shundaki, o’shanday g’olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa, sport 
tashkilotlari, jamiyatlari xodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
mutaxassislar ham u yoki bu mahallada istiqomat qiladi. Mahalla oqsoqollari 
kengashlari faoliyatida ular ham ishtirok etib, sportni targ’ib qilish, yoshlarni 
sportga jalb etish, an’anaviy bayramlarda qatnashib, ma’ruzalar o’qish, o’z 
taassurotlari bilan o’rtoqlashish kabi tadbirlarni birgalikda olib boradidar. Bunday 
tadbirlar mahalla oqsoqollari kengashi tarkibidagi faollar, 
sportsevarlar,
61


mutaxassislar tomonidan uyushtirib borilmoqda. Bunday xayrli ishlarni qishloq 
sharoitlarida ham doimiy o’tkazib turilishi lozim.
Mahalla oqsoqollari kengashi qoshida sport klublarini tashkil qilish amalga 
oshirilmoqda. Bunday tashabbuslarni ommalashtirish zarur bo’ladi. Ba’zi bir ilg’or 
tajribaga ega bo’lgan mahallalar sport yo’riqchisi shtatini tashkil qilmoqda. Ular 
bevosita tuman-shahar sport qo’mitalariga itoat etib, aholi o’rtasida sportni omma- 
lashtirish, bolalar va o’smirlar orasida sport musobaqalarini tashkil qilish bilan 
faoliyat ko’rsatmoqda. Mahalla oqsoqollari kengashlari va ularning jismoniy 
tarbiya va sport sohasidagi faollari oldida mahalla ahli salomatlignni yaxshilash, 
yoshlarni sportga jalb etish, sport va xalq milliy o’yinlari orqali aholining dam 
olishi, ruhiy oziqlanishi, jismonan barkamol boTishlariga erishtirish kabi vazifalar 
mavjuddir.
Ba’zi milliy urf-odatlarimiz va diniy dunyoqarashlar xotin-qizlarning erkin 
ravishda jismoniy mashqlar, xalq milliy o’yinlari yoki biron sport turi bilan 
shug’ullanishlariga salbiy ta’sir qilishi jarayonlari davom etmoqda. «SogTom 
avlod uchun» davlat dasturida belgilanganidek, sog’lom avlodni etishtirish uchun 
eng avvalo onalar sog’lom boTishi va o’z farzandlarining sog’lom o’sishi uchun 
barcha shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanishi zarurdir. Bunda bolalarni eng 
kichik yoshdan boshlab oila, bog’cha va maktablarda jismoniy tarbiya bilan 
shug’ullannshga odatlantirnsh alohida ko’zda tutilgan.
Bu jihatlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashi, uning faollari 
va jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari astoydil ish olib borishlari lozim.
Aholi o’rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish
«SogTom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish hamda «Alpomish» va 
«Barchinoy» maxsus testlari talablarining mohiyatlarini kishilar ongiga singdirish 
hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. SHu sababdan mahalla oqsoqollari 
kengashi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun hamda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi /1999 yil 27 may/ qarorini 
chuqur o’rganishlari, unda ko’zda tutilgan eng zarur tadbirlarni mahallalarda ishlab 
chiqish, aholini sportga jalb etish yoTlarini topishlari lozim.
Xulosa shundaki, aholi turar-joylarida eng avvalo sport inshootlari, oddiy 
o’yin 
maydonlaridan 
maqsadli 
foydalanish 
zarur. 
Sport 
ixlosmandlari, 
sportsevarlar, mutaxassis xodimlar yoshlar o’rtasida ko’chalararo, mavzelar, 
dahalar va mahalla birinchiligi uchun ular sevgan sport musobaqalarini tashkil 
qilishlari kerak.
«Sog’ tanda - sog’lom aql» naqliga rioya etgan holda jismoniy tarbiya va 
sportni keng targ’ib qilish, uning salomatlikni mustahkamlash, ish faoliyati va 
umuman umrni uzaytirishdagi muhim omillardan biri ekanligiga aholini iqror etish 
kerak boTadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling