Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport turlari va xalq millim o’yinlari bo’yicha turli jamoalar, tugaraklar


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

8.4. Sport turlari va xalq millim o’yinlari bo’yicha turli jamoalar, tugaraklar 
tashkil qilish 
8.4.1. Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha jamoalar /komanda/
63


tashkil qilish
Mahallalar, mavzelar, ko’chalarda bolalar va o’smirlarning guruh /5-10 kishi/ 
bo’lib futbol, tennis, badminton va turli harakatli o’yinlar bilan mashg’ul 
bo’lishlari odatiy bir holdir. Goho ular ichida taklif va tashabbuslar chiqib
ko’chalararo, mavzelarda esa uylararo /dom/ musobaqalar o’tkazib turiladi. 
Bunday hollarda tashkiliy va hakamlik ishlari bolalarning o’zidan chiqadi, ya’ni 
sport mutaxassislari bundan chetda qoladi. Natijada ba’zan turli baxslar, shartlarni 
bajarmaganliklari uchun mojarolar bo’lib turadi. Bu esa yoshlar orasida 
g’arazgo’ylik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Oqibatda ota-onalar orasida 
norozilik, xasadgo’ylik vujudga keladi va ularga mahalla oqsoqollari kengashi 
xodimlari aralashishga to’g’ri keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun sport 
turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha komandalar tuzish, ularga sport 
ishqibozlari, mutaxassislar boshchilik qilishlari lozim.
Buning uchun esa quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
1. Mahalla oqsoqollari kengashi idorasi oldida komanda tuzish to ^ ris id a
afisha osib qo’yish, faollar orqali bolalarga og’zaki e’lon qilish, radiouzel 
tarmoqlari, telefonlardan foydalanish.
2. Murabbiylar va hakamlar tarkibini tuzish, ularning vazifalarini belgilash.
3. Yig’ilgan bolalarni ro’yxatga olish va ularning xohishlari bo’yicha jamoalar 
tuzish.
4. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maktabning o’yin va sport zallari 
yoki ishlab chiqarish korxonalarining sport inshootlaridan foydalanish.
8.4.2. To’garaklar tashkil qilish
Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bilan shug’ullanuvchilarni bir joyga 
to’plab, komandalar mashg’ulotlarini to’garak sifatida tan olish, ularning 
barchasini uyushgan holda jismoniy tarbiya jamoasi yoki uyushmasini ta’sis etish. 
Barcha faoliyatlarni yuritish uchun kengash saylash har bir sport turi 
komandasining sardori (kapitan) kengash a’zosi etib saylanadi hamda uning raisi 
/prezidenti/ni ham saylash lozim bo’ladi.
Jamoa /uyushma/ kengashi raisi va a’zolari mahalla oqsoqollari kengashi bilan 
doimiy aloqada bo’lishi va hal qilinishi zarur bo’lgan masalalarni moslashtirib 
turishi kerak.
Mahalla oqsoqollari kengashi, o’z navbatida, mahallada tashkil etilgan sport 
jamoasi /uyushmasi/ haqida tuman-shahar hokimiyati, sport qo’mitasi va boshqa 
mas’ul idoralarga ma’lum qilishi lozim. SHu tariqa mahalladagi komandalar, 
to’garaklar va sport jamoasining tashkiliy-tarkibiy, uning Nizomi va boshqa zarur 
tomonlari huquqiy hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi shart.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling