Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy vazifalar


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

9.1. Sport tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy vazifalar 
/funk^iyalar/
O’zbekistonning mustaqilligi va uning istiqbol sari dadil qadam tashlashi 
boshqaruvchilik funk^iyalari /vazifalar/ni yangilash, davlat tuzilishi va uning 
qonunlari asosida faoliyat ko’rsatishni taqozo etmoqda. Bu jarayonlar O’zbekiston 
Respublikasi Konstitu^iyasi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’lim 
to’g’risida»gi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport 
sohasidagi qarorlarida aks ettirilgan. SHuningdek, aholining salomatligini 
ta’minlovchi «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» 
maxsus testlari mazmunida mamlakatda jismoniy tarbiya va sport harakatini 
yanada takomillashtirish vazifalari mufassal ishlab chiqilgan va ular amalda 
qo’llanilmoqda.
O’zbekistonda boshqarish idoralarining oldiga hozirgi kun talablari asosida 
juda muhim va murakkab vazifalar qo’yilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Davlat 
jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlarining markaziy kengashlari, 
o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalari, aholining salomatligini 
yaxshilash bilan aloqador bo’lgan «Navro’z», «Mahalla», «Ma’naviyat va 
ma’rifat», «Sog’lom avlod uchun», «Ekosan», «Kamolot» va boshqa tashkilotlar, 
ularning quyi tarmoqlarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yaxshilash 
maqsadida katta vazifalar turadi. Sport tashkilotlarining eng asosiy vazifalari 
quyidagi faoliyatlarga qaratilgandir, ya’ni:
- boshqaruvchilik qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va ularni amalda 
qo’llash;
- boshqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyatlarni tashkil qilish va ish 
yuritish;
- eng muqim faoliyatlarni yo’lga solish /regulirovka/;
- barcha ishlarni hisobga olib borish va ularni nazorat qilish;
- amalda bajarilgan faoliyatlarni tahlil qilish, baholash, ularga tanqidiy qarash 
va hokazo.
Respublika miqyosidagi barcha sport tashkilotlari va sport jamiyatlari o’z 
faoliyatlarini talab darajasida yuritish uchun yuqori davlat organlarining
66


ko’rsatmalariga itoat etishi zarur. SHu bilan birga, o’zlarining quyi tarmoqlarida 
barcha faoliyatlarini muvofiqlashtirgan holda ularni nazorat qilib boradi va ish 
natijalarining ijrosini talab etadi.
Bunday faoliyatlarda etakchi olimlar, mutaxassislar, murabbiylar, sport 
faxriylarining bevosita ishtirok etishlari ta’minlanadi. SHu bilan birgalikda, jismo- 
niy tarbiya va sport harakatidagi eng ilg’or tajribalar ommalashtiriladi, 
kamchiliklarga barham beriladi. O’zbekistonda barcha faoliyatlar davr talablaridan 
kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling