Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya va sport tizimini


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

15.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya va sport tizimini 
tashkil qilish hamda boshqarish
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari va 
jamoat tashkilotlari avvaldan mavjud bo’lib, ularning tizymlari ham hozirgi 
sharoitlar asosida faoliyat ko’rsatib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sportni 
boshqarishning davlat idoralari tizimi-da bosh vazifani bajaruvchi O’zbekiston 
Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hisoblanadi. SHuningdek, o’quv yurtlari 
va boshqa tarbiyaviy muassasalarda ham jismoniy tarbiya va sport ishlari ma’sul 
vazirliklar, qo’mitalar, kompaniyalar, korpora^iyalar va hokazolar tomonidan 
amalga oshiriladi. Bu, o’z navbatida, davlat tizimini tashkil etadi. Turli sport 
jamiyatlari, ularning kuyi tarmoqlari hamda Milliy Olimpiya qo’mitasi, sport 
turlari bo’yicha uyushmalar (federa^iyalar), asso^ia^iyalar va hokazolar esa 
jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning jamoat tizimpari hisoblanadi.
Bu ikki yo’nalishdagy asosiy tizymlarda menejerlik xususiyatiga ega bo’lgan 
o’z-o’zini moliyaviy ta’minlash maqsadida xo’jalik yuritish, pullik xizmat va 
homiylik sohalari faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ay-niqsa, bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarining yangi bosqichlar sari qadam qo’yishida jismoniy tarbiya va 
sportni boshqarishning yangi shakl va mazmunlari yuzaga kelmoqda. YAngi 
jamoalar (komanda), federa^iyalar, asso^ia^iyalar, mustakil faoliyat ko’rsatuvchi 
sport klublari, sogTomlashtirish markazlari va hokazolar menejerlik faoliyatiga 
kirib borish imkoniyatlariga ega boTmoqda.
15.4. 
Menejerlik, undan jismoniy tarbiya va sport tizimida foydalanish: 
menejment fuikuiyasi tahlnli, sport tashkilotlari faoliyatining afzalliklarini 
baholash
Menejment sohasida eng muhim bo’lgan ikki maxsus vazifa ustun turadi, 
ya’ni:
1. 
Katta mahsulot beruvchi va uni ta’minlovchi tizimni yaratish, ya’ni sarf 
bo’lgan kuch va moddiy harajatlarni oshirib bajarish birlik tizimini vujudga 
keltirish.
Menejer har bir qarori va faoliyatpda tez hamda kelajakda boTadigan ishlarni 
har tomonlama hal qnlishga safarbar etishi lozim. SHu sababdan menejer o’z 
faoliyatlarini ilmiy jihatdan doimiy ravishda tahlil qilib borishi taqozo etiladi. Bu 
jihatlar sport jamoalari, sport klublari, sport inshootlari, sog’lomlashtirish 
markazlari va shunga o’xshash sohalardagi murabbiylar, rahbarlarning faoliyatiga 
ma’lum darajada monand (mos) kelishi mumkin. SHu sababdan mamlakatimizda
109


savdo, tijorat, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni chetga chiqaruvchi muassasalar
ishlab chiqarksh jamoalarining ish tajribalarini chuqur o’rganish zaruriyati 
tug’iladi. CHunki sport tashkilotlarining u yoki bu tarmog’i, sohasidagi 
faoliyatlarda eng avvalo moddiy-texnika va moliyaviy jixatdan ta’minlashda ayrim 
muammolar mavjud, Bu muammolarni hal qilish uchun esa jamoalar (komanda), 
sport klublari o’z faoliyatlari bilan xalqaro sport maydonlariga erkin chiqishlari, 
jahonda mavjud bo’lgan menejmentlik faoliyatlarini o’rgangan holda ularni 
o’zlash-tirib olishlari zarur.
Ta’kidlash 
zarurki, 
xalqaro 
miqyosda 
kechayotgan 
menejmentlik 
faoliyatlarining ichki tuzilishi, ularning ish tamoyillari bizgacha to’la etib 
kelmaganligini 
hisobga 
olgan 
xrlda, 
mamlakatimizda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning o’ziga xos bo’lgan tamoyillaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatish 
lozim.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling