Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


XVII. SPORT TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATLARI


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

XVII. SPORT TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATLARI
1. Tadbirkorlik haqida tushunchalar.
2. Jismoniy tarbiya va sportda tadbirkorlikning asoslari va ahamiyati.
3. Tadbirkorlik va innova^iya. Ularning manbalari va sport faoliyatidagi 
ta’siri.
4. Innova^ion tashkilot, uning strategik tuzilishi.
5. Sport tashkilotlarida rahbarlik-jamoatchilik (komanda) va tadbirkorlik. 
Tashkilot-hokimiyat tizimi sifatida, uning manbalari.
17.1. Tadbirkorlik haqida tushunchalar
Menejment va marketing haqidagi boblarda tadbirkorlik xususida ham so’z 
yuritiddi. YA’ni, tadbirkorlikni ikkala sohaning ham o’zaro aloqadorolik 
faoliyatidan kelib chiqqan maxsus soha deyish mumkin. Boshqacha ma’no va 
shaklda bayon qilinganda, tadbirkorlik har bir sohada ishning xal etilishini ko’ra 
bilish, ularni tashkil qilish, boshqarish hamda barchasini amalga oshiruvchi 
faoliyatdir.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida tadbirkorlik, asosan, sanoat, qishloq 
xo’jaligi, engil sanoat, savdo, tijorat va boshqa sohalarda ko’proq qoTlanilib, 
ommaga namoyon boTmoqda. Tadbirkorlik yurtimizda yangi kasb yoki faoliyat 
emas. Mamlakatda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni dunyo bozoriga chiqarish, 
savdo qilish, buyuk ipak yoTining markazi sifatida horijiy mamlakatlarning 
tadbirkorlari, tijoratchilari, elchilari bilan yurtimiz kishilari yaqin aloqadorlikda ish 
tutishgan. Bu bilan mahalliy aholining kiyim-kechak, bezaklar, taqinchoqlar, zeb- 
ziynatlar, qimmatbaho matolar (ipak, shoyi, baxmal, tabiiy jun va hokazolar), 
bo’yoqlar, chinni idishlar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qondirganlar. SHular 
asosida yurtimiz aholisi orasida ishbilarmon, zukko bilimdonlar, tadbirkorlar 
etishib chiqishiga asos solingan bo’lsa, ajab emas.
Turg’unlik va mustamlakachilik yillarida savdo ishlari faqat davlat 
korxonalari, turli muassasalar orqali olib borildi. Bozor nomigagina mavjud bo’lib, 
erkin savdoga yo’l yo’qedi. CHetdan mol olib kelib sotish, xaridorlarning 
ektiyojini qondirish to’g’risida gap boTishi mumkin emas edi. SHunday boTsada, 
ba’zi bir ishbilarmon, tadbikorlar mol olib kelib sotish ishlarini yopiq-yashirin 
holda bajarib kelishgan. Bular o’sha davrlarda olib-sotar, chayqovchi deb atalar va 
qo’lga tushsa qonun bilan jazolanar edi. SHu o’rinda misol tariqasida eslash 
mumkinki, sportchilar xorijiy mamlakatlardagi musobaqalardan qaytishda o’ziga 
yoki aka-ukalariga sport kiyimlari, buyumlari va shunga o’xshash narsalarni xarid 
qilib olib kelishar ekan, (bojxonada) ularni olib qo’yish va hatto ularni ayblash 
hollari odatiy raem bo’lgan. Mustaqillikning sharofati tufayli maxsus qonunlar 
ishlab chiqildi va ular asosida tadbirkorlik, savdo, tijorat, innova^iya o’z 
mablagTni jam g’armaga qo’yish faoliyatlariga keng yo’l ochib berildi. Ularning 
eng ilg’orlari, davlat va xalq manfaatlari yo’lida yaxshi xizmat qilayotganlarni 
rag’batlantirish ham amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston 
Respublikasida 
"Tadbirkorlik 
to’g’risida-giM
qonunda;
121


«Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va 
mulkiy javobgarligi asosida, amavdagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy 
faoliyat ko’rsatishdir» deb ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risidagi» qonunida; «Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish 
va undan foydzlanish chog’idagi huquqlari hamda qonun bilan qo’rikdanadigan 
manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi» - deb ta’kidlanishi respublikamiz 
tadbirkorlaridan sifat va kafolatga etiborlarini karatishlari zarurligini ko’rsatadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling