Salixov shoxrux mansurovich shaxs temperamental sifatlarining sport faoliyatidagi samarasi buxoro- 2023


Download 401 Kb.
bet1/22
Sana09.02.2023
Hajmi401 Kb.
#1182623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Temur & Shoxrux


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SALIXOV TEMUR MANSUROVICH
SALIXOV SHOXRUX MANSUROVICH


SHAXS TEMPERAMENTAL SIFATLARINING SPORT FAOLIYATIDAGI SAMARASI


BUXORO- 2023

K I R I SH


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ma’lumki, joriy yil 5-mart kuni davlatimiz rahbarining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, uning vazifa va vakolatlari kengaytirildi.
Sportchilarni tanlab olish – seleksiya ishlarini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, bu o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi.
Avgust-sentyabr oylarida Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimiz oltin medallar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallagani o‘zbek sporti tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi.
Atoqli psixolog L.S. Vigotskiy o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va temperamentini o‘rganish muammosiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan olimlardan biridir. B.M.Teplov tomonidan muammoning ijtimoiy-tarixiy aspekti olg‘a surilib, bilimlarni o‘zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, degan tushunchadan iboratdir. U olg‘a surgan psixik funksiyalar va shaxs temperamenti taraqqiyotining madaniy - tarixiy nazariyasiga ko‘ra, psixik faoliyat taraqqiyoti uning «tabiiy» formasini bevosita qayta qurgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so‘ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» formasini egallash tushuniladi.
B.M.Teplov fikricha, psixik jarayonlarni bevosita ifoda qiluvchi so‘z xoh tashqi, xoh ichki ko‘rinishga ega bo‘lmasin, turli xil alomatlar ichida ko‘rinarli joy egallaydi. Alomatlarni egallash sifat jixatidan" psixik funksiyalarni qayta qurish kerakligini, sifat bo‘yicha mutlaqo boshqa, yangi taraqqiyot bosqichi ekanligini bildiradi. Shu bilan birga, insoniyatning tarixiy taraqqiyotida xosil bo‘lgan xuddi shu alomatlarni egallash, ta’lim jarayonida ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish natijasida erishilgan bo‘lishi mumkin. Xuddi mana shu fikrdan B.M.Teplovning ta’lim va taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasi bo‘yicha tutgan urni yaqqol kuzga tashlanadi.
Albatta, psixologiya fanida o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va temperamentini o‘rganishni urganish buyicha juda kop psixodiagnostik testlar mavjud. Bular katoriga dunyoda tan olingan bir qancha temperament testlarini kiritish mumkin. Aytish joizki, xar bir testning uziga xos salmogi, ilmiy-amaliy axamiyati va urni bor mazkur bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida biz fakat bitta test haqida ayrim muloxazalarni yuritdik. Ushbu testning moxiyati, axamiyati va dars jarayonida o‘quvchilar temperamentini urganishda tutgan urniga ma’lum darajada baxo berdik. Monografiya asosan 4 ta qism asosida bayon etilgan:
1-qismda Temperament testi haqida umumiy tushuncha berilgan.
2 - qismda Temperament testining o‘zbek tiliga o‘girilgan varianti aynan beriladi.
3-qismda qabul qilingan mazkur testning tegishli me’yorlar asosidagi jadvali berildi.
4-qismda Test bo’yicha berilgan fikr-mulohazalar xulosalanadi. Ishning yakunida esa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.
Shunday qilib, mazkur ish davomida biz temperament testini qo’llashning ayrim ilmiy-uslubiy jihatlari haqida mustakil fikr yuritishga va tegishli xulosalar chikarishga harakat qildik.
Umuman dars jarayonida o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va temperamentini o‘rganish muammosi bugungi kunda juda ko‘plab testlar asosida hal qilinmokda.
Shunday kilib, mazkur ish davomida biz dars jarayonida o‘quvchilar temperamentini o‘rganish testini ko‘llashning ayrim ilmiy-uslubiy jihatlari haqida mustakil fikr yuritishga va tegishli xulosalar chikarishga harakat qildik.
Umuman dars jarayonida o‘quvchilar temperamentini o‘rganish muammosi bugungi kunda juda ko‘plab psixologik testlar asosida hal qilinmoqda.



Download 401 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling