Salixov shoxrux mansurovich shaxs temperamental sifatlarining sport faoliyatidagi samarasi buxoro- 2023


Download 401 Kb.
bet4/22
Sana09.02.2023
Hajmi401 Kb.
#1182623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Temur & Shoxrux

Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi. Bu xil temperamentli odam­larni xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin. Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo‘ladi. Bu xil temperamentli odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min qobil bo‘ladi. Ular ko‘pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa, o‘zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o‘yinlarga moyil bo‘lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar va odatda ular o‘yin-kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko‘rsatishga moyil bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish ko‘radilar, yaxshi o‘qib ketishlari mumkin.
Psixologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ana shu temperament turlari sof holda, ya’ni sof xolerik, sof sangvinik, sof melanxolik va sof flegmatik tarzda bo‘lmaydi. Aksariyat odamlar aralashgan temperament turiga ega bo‘ladilar. Odamda qaysi xildagi temperamentning xususiyatlari ko‘proq namoyon bo‘lsa, shunga qarab uni u yoki bu tipga mansub, deb aytamiz. Masalan, serharakat, serg‘ayrat, tinib-tinchimas, hamma narsani biladigan shaxsni xolerik temperamentli, beg‘am, beparvo, kam harakat, sustkash shaxsni flegmatik temperamentdagi odam deb xisoblanadi.
Xar bir temperament tipining uz ijobiy va salbiy tomonlari bor. YAxshi tip hisoblangan xolerik shaxsning salbiy tomoni shundaki, unda tormozlanish jarayoni sust bo‘ladi, xolerik ba’zi hollarda nojo‘ya harakatlardan o‘zini tiya olmaydi. Xolerik tipdagi shaxsning ijobiy xislatlari uning g‘ayrati, qattiyligi, harakatlar tezligi, o‘tkir zexnligi bilan yuzaga chiqadi. Flegmatik tipdati shaxsga xos salbiylik shundaki, u juda sustkash va beparvo bo‘ladi. Flegmatikning ijobiy xislatlari uning aqliy kuchliligida, vazminligida namoyon bo‘ladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan temperament xususiyatlari yoshning ulg‘ayishi bilan bog‘lik tarzda o‘zgaradi. Temperament tipi xususiyatlarining sifat mazmuni isloh etilishida ijtimoiy muhit va talim-tarbiya katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun har-bir shaxsdagi temperament tipi sifatlarini o‘zgarishda, o‘sishda deb qarash maqsadga muvofiqdir.
Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi to‘rt tipning har biri alohida sifatlarga ega bo‘lishi bilan birga ularda takror uchraydigan, turli situatsiyalarda tez o‘zgarishga moyil xususiyaglar xam bor. SHunday ekan, tabitan toza, faqat bir tipgagina xos bo‘lgan sifatlardan iborat temperament uchramaydi. Temperament alohida olingan xar bir kishining umumiy va uning nerv sistemasining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi.
Temperament tiplari psixologiyasini o‘rganishning dalolaticha, bir xil temperamentdagi odamlar ham xilma-xil bo‘ladi. Ma’lumki, har bir kishi takrorlanmas shaxs hisoblanadi. SHuning uchun uni yuqoridagi temperament tiplaridan biriga kiritish hamisha ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Ikkinchidan ayrim odamlarning shaxsi birgina tipdan tashqari ikki va undan ko‘proq tipning belgilariga ega bo‘ladi. SHunga muvofiq shaxsda xolerik va sangvinik, melanxolik va flegmatik tiplar xususiyatlari aralash tarzda uchraydi. YAna bir muhim masala shuki, bir temperament tipini yaxshi, boshqasini yomon deyish ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. YUqorida takidlaganimizdek har bir temperament tipining o‘ziga xos ijobiy va salbiy sifatlari bor. SHunday qilib, temperament sifati shaxsning ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan individual psixologik xususiyati bo‘lib, xar bir odamning qaysi temperament tipiga mansubligini aniqlashning juda katta amaliy ahamiyati bor. Birinchidan, temperament tipini bilish shaxslararo munosabatlarda muhim ijobiy rol o‘ynaydi, ikkinchidan, yosh avlod ta’lim va tarbiyasini davr talablari asosida tashkil etishda muvaffakayatga erishuv garovi bo‘lib xizmat qiladi. Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig‘dirib» bo‘lmaydi albatta. Tip tushunchasining o‘zi faqat bir-birlariga o‘xshash bir guruh odamlarnigina o‘z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o‘ziga xos individual xususiyatlari bo‘ladi, bu xususiyatlarni batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo‘lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o‘zigagina xos xususiyatdir. Ko‘pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo‘shilgan bo‘lishini ko‘ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo‘lishi, sangvinik tem­peramentli kishida xolerik va flegmatik temperament alo­matlari bo‘lishi mumkin va hokazo. Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo‘lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin.
Muhimi, temperamentlar buyicha farklar - bular psixikaning imkoniyatlari darajasi buyicha emas, balki uning kurinishlari uziga xosligi buyicha farklarni bildirishini nazarda tutishi kerak. Har bir temperament ijobiy va salbiy jixatlarga egadir. Nerv sistemasi tiplarining ayrim xususiyatlari va ularga tegishli temperament xususiyatlarining faoliyati uchun axamiyatini urganish natijalari bu xakda konkret tasavvurlar beradi.

1.2 Oliy nerv faoliyatining tipi va temperamenti


Oily nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po‘stlog‘ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari) ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatiga bog‘liq. SHartli reflektor faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig‘indisi har bir organizmning irsiy xususiyatlariga va avvalo xayot tajribasiga bo‘gliq bo‘lib, nerv siustemasining tipi deyiladi .
I.P.Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralardagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarning kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir –birga munosabatiga ko‘ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo‘lgan edi:

  • Kuchli,

  • qo‘zg‘aluvchan,

  • muvozanatlashmagan,

  • jonsarak tip.

Bu tipda qo‘zgalish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo‘zg‘alishi tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo‘ladi, u o‘rta o‘zlashtiriladi biror ishga tez kirishi, tez soviydi. Emotional reaksiyalari kuchli, bilar - bilmas javob berib o‘z fikrini maqullaydigan, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo‘lgan shartli reflekslar tez so‘nadi. Maktab hayotiga kichiklik bilan ko‘nikadi, nutqi tez va qo‘pol, xarakterli o‘zgaruvchan , o‘z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agresiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tiziomli ish faoliyatiga ega bo‘ladi.
Kuchli, qo‘zg‘aluvchan , muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv prosesslarning kuchliligi, qo‘zg‘alish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Maktab hayotiga tez ko‘nikadi, o‘qish va yozishni tez o‘rganadi, ular namunali hulqqa ega bo‘ladi, darslarni a’lo darajada o‘zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelishiga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so‘z boyligi ishoralar bilanb o‘z fikrini boshqalarga ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashmagan, kam harakat tip. Bu tipda qo‘zg‘alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o‘rin almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo‘ladi, tez so‘nadi va sekin tiklanadi, ular o‘qish , yozish va gapirishni tez o‘rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so‘zga boy bo‘ladilar.
Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv prosesslari sustligi, kam kuzatuvchanligi va muvozanatlashmaganligi, yani tormozlanish jarayonning yuqoriligi bilan harakatlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobilyati past, nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so‘z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo‘rqadi, charchaydi, o‘qish, yozishni sekin o‘rganadi , maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko‘nikadi, o‘z o‘rtog‘ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o‘zlashtirishi past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xaraktertlanadi.
I.P.Pavlovning fikricha oily nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi Gipokrat tomonidan aniqlangan 4 temperament turlariga mos keladi. Gipokrat odamlarda to‘rtta temperament:

  • Xolerik.

  • Sangvinik.

  • Flegmatik.

  • Melanxonlik.

Turlarini aniqlagan. Jonsarak tip xolerik temperamentiga va nimjon tip melanxonlik temperamentiga mos keldi. Oliy nerv faoliyatining yuqoridagi tiplari sof holda kamdan - kam uchrab ko‘pincha bitta individumda har-xil tiplarga xos belgi xususiyatlar aralashib ketadi. Oliy nerv faoliyatning tipi nerv sistemasining muayyan tipi vujudga keladi. Oliy nerv faoliyatining tug‘ma xususiyatlari tashqi muhit ta’sirida doimo o‘zgarib turadi. Oliy nerv faoliyatining o‘zgarib turish jarayonnini plastiklik deb ataladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan tiplari tug‘ma, yani nasldan- naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar asosan bolaning yoshlik davrida yaqqollik ko‘rinadi, yoshi kattalashgan sari tashqi muhit, ota- ona, o‘qtuvchilar, tarbiyachilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida ayrim tipga xos bo‘lgan belgilar ma’lum darajada o‘zgaradi, ayniqsa birinchi va to‘rtinchi tipning vakillarida o‘zgarish ancha sezilarli bo‘ladi, chunki ularning xulq - atrofdagi yomon odatlar ko‘proq bo‘lganligi uchun atrofdagi kattalarning tarbiyaviy etibori ularga nisbatan ko‘proq bo‘ladi.
Shunday qilib bolalik davridagi oliy nerv faoliyatining tiplari, ya’ni xulq- atvor yosh oshgan sari o‘zgarib boradi. Oliy nerv faoliyatining tug‘ma ko‘rinishi temperament, ularning tarbiya natijasida o‘zgarishidan yuzaga kelgan xolati xarakter deyiladi. Tarixda yashab ijod qilgan buyuk siymolar ham malum tipga xos bo‘lganlar. Masalan rus sarkardasi A.V.Suvorov xolerik temperamentiga, shoir A.S.Pushkin ham xolerik temperamentga, sangivinikga shoir A.I.Gersen, Gonchanov flegmatika, fransuz filosofi Rene, Dakart, ingiliz olimi Charlz Davrin, polyak kompozitori shopen melanxonlik temperamentiga xosinsonlar bo‘lishgan. I.P.Pavlov birinchi va ikkichi signal sistemalarining o‘zaro ta’sirlanish xususiyatlarini xisobga olib, odam nerv sistemasini ikkita asosiy tipga ajratish mumkin deb topdi. Shularning birinchi badiiy tip deb atadi. Yozuvchilar, musiqachilar, rassomlar va boshqalarni u shu guruhga kiritdi.Bu guruh axllarida 1-signal sistemasi 2- signal sistemasidan bir muncha ustun turadi. 2- tip mutafakkirlar tipi deb ataladi. Bu guruxga olimlar-filosoflar, matemateklar, filologlar va boshqalar kiradi. Bu guruxga kishilarda 2- signal sistemasi 1-signal sistemasidan ustun turadi. Bulardan tashqari oraliq gurux xam bor. Oraliq guruxga kiruvchi kishilarda 1-signal sistemasi 2-signal sistemasidan ustin turmaydi. Xulosa kelib aytganda, oliy nerv faoliyatining tipi xayot protsesida shakillanib boradi va tarbiya yuli bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Dinamik steriotip Oddiy hayot sharoitiga odam va hayvon organizimga turli xil tasirlovchilarning murakkab tazimi tasir etadi. Organizmning bunday murakkab tasirlozchilarga moslashishi miya yarim sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar analitik-sintatik faoliyati tufayli amalga oshiririladi . Buning natijasida kompleks shartli reflekslar xosil bo‘ladi. Bu miya yarim shartli po‘stlog‘ining yanada murakkab faoliyati bo‘lib,sharli reflektor faoliyati yoki dinamik stereotib hisoblanadi.
Dinamik stereotip –deb bir vaqtda bir tartibdagi shartli reflekslarning uzliksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv tizimida bu tasirlarga javob qaytiladi. Dinamik steriotip boshqacha aytganda, odamda bir necha yillar davomida shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish juarayonlarini xosil qilishdir. Dinamik stereotip har bir odam uchun o‘ziga xos bo‘lib, odamdagi odat va malakalarning asosi hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida dinamik stereotipni xosil bo‘lish jarayonlrini tekshirish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Masallan: Darslarni fiziologik asosida tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olishni va boshqa faoliyat turlarini o‘qituvchilar nerv tizimida dinamik stereotibni vujudga keltitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tashqi olamning obektiv realligini ongda aks ettiradigan fiziologik mexanizmlarni ochib berish fiziologiyaning vazifasidir.Voqelikni aks ettirishformalari taraqqiyotning turli bosqichlarida turlichadir. Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda o‘z ifodasini topadigan konkret hissiy inikos soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakid-umumlashtirilgan inikosi beqiyos murakkab bo‘lib, logik tafakkurda, yani odam miyasining abstraklovchi ishi asosida vujudga keladigan tushuncha, muhokama xulosalarda o‘z ifodasini topadi.
Oliy nerv faoliyatini o‘rganish tashqi olamning miyada aks etishiga yordamidagina ko‘pgina fiziologik mexanizmlarni bo‘lib olish imkoniyatini tugdiradi. Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret hissiyotni inikos etadi, yani sezgilar, idroklar, tasavvurlar hosil bo‘ladi. Nerv sistemasi boo‘lgan hayvonlarda retseptorlarning qo‘zg‘alishi nerv markazlariga nerv impulslarini o‘tishi nerv markazlarining qo‘zg‘olishi sezgalarning fiziologik negizi hisoblanadi.
Ayni vaqtda organizm retseptorlariga tasir etuvchi buyum va hodisalarning ayrim xosalari o‘rtasida signallar olib turadi.
Nerv sistemasining rivojlanishi jarayonida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, sezgilar murakkab nozik va aniq bo‘lib qoladi. Voqelikni aks ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar asosida kelib chiqadi. Sezgilarga qarama-qarshi o‘laroq idrok butun buyumni xossalarining yig‘indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga bir qadar bo‘lishgan holda idrok etiladi. Bu katta yarim sharlar po‘stlog‘ining analitik sintetik faoliyatiga bog‘liq. Buyum va xodisalarning turli xossalari idrok etganda miya po‘stlog‘ining ko‘p markazlari bir yo‘la qo‘zg‘aladi. Ana shu nuqtalari orasida vaqtinchalik bog`lanishlar vujudga keladi. Vaqtinchalik aloqaning muhim fiziologik hodisa shu bilan birga psixik xodisa hamdir yani assotsiativ bog‘lanish psixik hodisaning o‘zginasidir. Bir buyum yoki hodisaning o‘zidan ko‘p marta signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘olishning yoyilishi tufayli narsa hodisa tushuniladi. Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi- bir biridan ajratiladi.
Voqelikni konkret-xissiy aks etishning murakabroq formasi tasavvurlardan. Bunda ilgari organizmga tasir etgan buyum va xodisalarning konkret obrazlari vujudga keladi. Tasavvur-buyum yoki hodisani fazo-vaqt bog‘lanishida tariflab, obrazli aks ettirish demakdir. Tasavvurlarning hosil bo‘lishi bu ilgari tasir etgan signallardan yarim sharlar po‘stlog‘ida qolgan izlarni analiz va sintez qilish natijasidir. Tasavvurlarning shakllanishi uchun-fiziologik analiz va sintezning yuksak ko‘rinishlari zarur.
Voqelikning aks ettiirishning bu formasi sistemalilik asosida, boshqacha aytganda dinamik steriotip asosida vujudga keladi. SHuni aytib o‘tmoq kerakki, konkret-xissiy intikosga taluqli bazi jarayonlar odamdan ko‘ra hayvonlarda yaxshiroq rivojlaigan bo‘lishi mumkin. Ayrim tasirotlar tovush xid tasirotlari hayvonlarda odamlardadagidan mukammalroq analiz qilinadi. Masalan it tovush xid tasirotlarini odamdan ko‘ra yaxshiroq differentsiallaydi.
Odam uylab topilgan, aytilgan yoki yozilgan so‘zlar bilan ifodalovchi abstraktiv tushunchalar bilan fikrlay oladi. Ikkinchi signal sisitemaning (nutq) rivojlanishi tashqi olamni abstrakt umumlashitirib aks ettidishga imkon berdi. Inikosning bu formasi odamga tabiiiy xodisalarni bilish va ulardan foydalanishdan katta imkoniyat yaratdi.
Oliy nerv faoliyatining eksprimental patologiyasi:
Bosh miya faoliyatini shartli reflektor hisobiga o‘zgaruvchan tashqi muhitta moslashuvi ikkita «o‘rta» harakatchang va tinch tiplarda juda yaxshi bo‘ladi. Bosh miyani maxsus o`ziga xos shartli reflektor funktsiyalari qo`zg`olish va tormozlanishlarning muvazanatsizligi, xolerik tinch bo‘lmagan tiplarda va zaif tip vakillaridai bu jarayonlarni bo‘sh va inertligi tufayli tashqi tasirotlarga reaktsiyalari no adekvat bo‘ladi.
Tashqi muhit sharoitiga bu noedekvat reaksiya tashqi muhitning tasirlariga to‘liq, moslanishni vujudga keltira olmaydi, bu xolat oliy nerv faoliyatini funktsional buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Odamning nerv va psixik kasalliklari uzoq mudatli tasirotlar majmuasini mos kelmasligi har bir odamning individual xususiyatlari, nizolar tufayli kelib chiqishi mumkin. Oliy nerv faoliyatini aniq, fiziologik patalogiyasining tabiatini o‘rganish hayvonlarda laboratoriya sharoitida o‘rganib, odamni nerv va psixik kasalliklarini nazariyasini ishlab chiqish bu kasalliklar bilan ko‘rashishda muhim hisoblanadi.
I.P. Pavlov hayvonlarda laboratoriya sharoitida odamlarda uchraydigan nevroz kasaliklarining modelini ishlab chiqdi. Hayvonlarda eksperiment asosida nevroz xolati keltirib chiqarildi. eksperimental nevroz itlarda oliy nerv faoliyatini barbod qilish usuli bilan yani bosh miya yarimlarda qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchayish va harakatchanligi zo‘riqtirildi. Qo‘zg‘olish va tormozlanish jarayonlari kuchini zo‘riqtirish eksperimental sharoitda hayvon - organizmiga uzoq, davom etuvchi kuchli musbat yoki tormozlovchi signallarni tasiri bilan hosil qilindi. Masalan, V.G.Erofeev I.P. Pavlov laboratoriyasida itlarda qo‘zg‘alishni zo‘riqtirish uchun kuchli elektr tokini qo‘lladi. Oliy nerv faoliyatini buzish yana biri qo‘zg‘olish va tormozlanish jarayonlarini zo‘riqtirishdir. Bu patalogik xolat hayvon organizmiga musbat va tormozlovchi ta`sirotlarni tez almashtirish bilan hosil qilinadi.
Oliy nerv faoliyatidagi potalogik buzilishlarning fiziologik mexanizmi po`stloq hujayralari faoliyatining susayishi, ularni ishchanlik qobiliyatini kamayishi, tashqi tasirlarga nisbatan ular tormozlanishining ortishidir. Eksperimental nevrozda turli kuchdagi musbat shartli tasirotlar bir xil balandlikdagi reaktsiya hosil qiladi. Nevrozning keyingi stadiyasi paradoksal stadiyasini vujudga kelishi bilan bog‘liq. Bunda kuchli shartli tasirlovchi kam balandlikdagi shartli reflekslar reaktsiya keltirib chiqaradi. Paradoksal fazadan keyin ultrapadoksal faza rivojlanadi. Bu fazada musbat shartli tasirlovchilarning kuchli ham kuchsiziga ham shartli reflektor javob reaktsiyasini hosil qilamaydi. Ultraparadoksal fazadan so‘ng bosh miyaning shartli reflektor aktivligi butunlay yo‘qoladi. Insonlarnilarni eksperimental nevrozdan chiqarish uchun (ularni sog‘aytirish) oliy nerv faoliyatini asta-sekin qayta tiklash bilan amalga oshiriladi.
Oliy nerv faoliyatn potalogiyasi, eksperimental nevrozlarni keltirib chiqarish oliy nerv faoliyatining tiplariga bog‘liq. Nevroz xolat ko‘proq kuchi muvazanatmas va zaif tiplarda kelib chiqadi. SHunday xulosa chiqarish mumkinki, nevrotik xolatni kelib chiqishi qo‘zo‘olish va tormozlanish jarayonlarini muvazanatli bo‘lmasligida. Oliy nerv faolitini shikastlanishi ko‘proq zaif tipdagi hayvonlarda uchraydi. Kuchli tipdagi odamlarda nevrotik xolat ko‘pincha oliy nerv faoliyatini susayshiga olib kelib omillar charchash, alkogol bilan zaharlanish va boshqa asosida sodir bo‘ladi.
I.P. Pavlov laboratoriyasida keyinchalik klinikalarda nevrotik xolatni yo‘qotish uchun turli farmokologak preparatlar qo‘llanmokda. Masalan, kofein va turli xil dori preparatlari.
Odam oliy nerv faoliyati:
I.P. Pavlov tomonidan odam oliy nerv faoliyatini o‘rganishga I.M. Sechenovning bosh miya katta yarim sharlarining reflektor nazariyasi asos buldi.Insrnlar oliy nerv faoliyatini har tomonlama o‘rganish I.P. Pavlovga odam oliy nerv faoliyatini o‘rganish uchun ko‘pgina malumotlarni ochib berdi. Odam oliy nerv faoliyati ko‘pgina umumiy mexanizimlari hayvonlar oliy nerv faoliyati mexanizmiga o‘xshab ketishi bilan birga, odam oliy nerv faoliyati anchagina o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Bunday yangi xususiyatlar insonni tashqi muhit bilan murakkab bog‘lanishi, tabiatni o‘ziga bo‘ysindirish, mehnat faoliyatini yuzaga chiqishi, nutqni kelib chiqishi bilan bir necha ming yillar mobaynida paydo bo`lgan.
Odam oliy nerv faoliyati uzoq yillar mobaynida butunlay yangi sistema yani insonga xos bo‘lgan sifatga ega bo‘lgan. Insoi oliy nerv faoliyatini rivojlanishida sifat o‘zgarishlari kelib chiqishida juda ko‘p reflektor bog‘lanishlarni yuzaga kelishida nutq asosiy o‘rin egalaydi.
I.P. Pavlov tili bilan aytganda nutq bizni inson qildi». Hayvonlar oliy nerv faoliyati tashqi muhitning anq signallarini ta`sirini natijasi hisoblanadi. Hayvoilarga so‘z bilan murojat qilinganda javob reaktsiyasini hosil qilish kompleks shartli tasirlovchilarga reaktsiya bilan javob berishidan boshqa narsa emas.
Odam esa muhitning aniq predmetlar va xodisalariga javob berishi bilan birga shu narsa va xodisalarni so‘z bilan ifoda etilishiga ham javob beradi. Odam uchun so‘z faqatgina tovush signali emas balki uni ongini hayot kechirishi uchun alohida tizim hisoblanadi. So‘z tasirlovchisi odamdagi shartli reflekslarning alohida ijtimoiy tabiati bo‘lib hisoblanadi.
So‘zlar haqiqatdan uzoqlashgan holda umumlashtiruchi bo‘lib, fikrlashning asosi.
SHunday qilib, birinchi signal sistemada bosh miya katta sharlarida atrof muhit predmetlari va xodisalariga qo‘zg‘olish jarayoni hosil bo‘lsa, ikkinchi signal sistemada atrof muhitdagi narsa va xodisalarni so‘z signallari orqali qo‘zg‘olish vujudga keladi. YAna bir shuni takidlaymiz ikkinchi signal sistema faqatgina odamga xos, birinchi signal sistema odam va Iisonlarga xos xususiyatdir. Oliy nerv faoliyati haqidagi talimot ikkinchi signal sistemasining ishlash qonuniyatlarini ochib beradi.
Qo‘zg‘olish tormozlanshning asosiy qonuniyatlari birinchi va ikkinchi signal sistemalari uchun umumiy qonuniyatlar ekanligi aniqlandi, odam katta yarim sharlar po‘stlog‘ining har bir nuqtasi nutqni eshitish va motor markazlari bilan bog‘langan holda qo‘zg‘oladi. A.G.Ivanov - Smolenskiy va hamkorlarining bolalar ustidagi tajribalari shunga taluqlyi dalillar beradi.
O‘qish va yozish aktlarida, talim jarayonida qatnashuvchi markazlar bilan miya po‘stlog‘ining turli qismlari o‘rtasida ham vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Masalan, «qo‘ng‘oriq» so‘zini eshitgan odamda «qo‘ng‘iroq» yozuvi ham shartli reflektor reaktsiya keltirib chiqaradi.
Kundalik hayotimizda bunga o‘xshash «to‘qnashishlar» ko‘p uchrab turadi. Nevrozga ko‘proq xolerik va melanxoliklar uchraydi. Ruhiy iztiroblar, hayotdagi kiyinchiliklar, surunkali charchash asab buzilishlari unga sabab bo‘lishi mumkin. Nevrotik buzilishlar faqat oliy nerv faoliyatining buzilishi shaklida emas, balki xilma -xil vegetativ o‘zgarishlar shaklida ham namoyon bo‘ladi. Arterial qon bosimini ortishi, hazm shiralari o`zgarishlar ana shular jumlasidandir. Tajribaviy nevrozlarni o‘rganish turli kasalliklar va erta qarish va boshqalarni kelib chiqish mexanizmini tushunishda yordam beradi. Nevrozin davolashda dori- darmonlardan tashqari, dam olish to‘yib uxlash kerak.

Temperamentlarning psixologik xizmatlari


I.P. Pavlov, temperamentlar insonning individual xususiyatlarining "asosiy xususiyatlari" dir deb tkidlagan. Ular odatda quyidagicha ajratiladi:
sangvenik, flegmatik, xolerik va melanxolik.
YUqori asabiy faoliyat turi va temperament o‘rtasidagi munosabatlar o‘rnatiladi.
YUqori asabiy faoliyat turlari va ularning temperament bilan aloqasi

kuch asab. jarayonlari

shovqin asab. jarayonlari

Harakatlantiruvchi asab. jarayonlari

temperament

kuchli

muvozanatli

harakatlanuvchi

sangvenik

kuchli


inert

flegmatik

kuchli

muvozanatsiz


xolerik

kuchsiz



melankolik


Download 401 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling