Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport marketinga, sport reklamasi, rejalashtirish vositalari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

16.4. Sport marketinga, sport reklamasi, rejalashtirish vositalari 
va ularni tashkil qilish yo’llari
Sport marketinga jismoniy tarbiya va sport harakatining kupgina tarmoqlarida 
maxsus faoliyat sifatida xizmat qiladi. Xalqaro sport taraqqiyotida, ayniqsa, 
qit’alar, mamlakatlarning yirik musobaqalarida bu ko’proquchraydi. YA’ni sport 
uyushmalari, asso^ia^iyalari o’rtasida komandalarni etuk sportchilar bilan 
ta’minlash, ularning talab va ehtiyojlarini qondirish, sportchilar bilan shartnomalar 
(kontrakt) tuzish kabi faoliyatlar jarayonida xilma-xil usullar, muloqatlar, 
munosabatlar, kelishuvchilik kabi faoliyatlar mavjud bo’ladi. SHu o’rinda kuyidagi 
holatlarni keltirish mumkin.
Sport asso^ia^iya muhitida marketingnnng’ majmuiy xususiyatlari
Sport assoia^iyasi 
faoliyati turlari
O’zaro aloqadorlik turlari
Xaridorlar
Musobaqalashuv
sporta
Mashg’ulot, asbob- uskunalar, 
moliyaviy ta’minot. Natijalar, 
mashhurlik.
YUqori
malakali
sportchilar
Ko’ngilxushlik 
uchun sport
O’rgatish, jalb etish. 
(pul)
Sportchilar
Abzolik
Mashg’ulotlarni
ta’minlash
Asso^ia^iya
a’zolari
Kadrlar ta’minoti
Isli haqi, huquq, 
tayyorgarlik
Murabbiylar
116


Erkin holdagi ishlar
Jamoatchilik, 
mas’uliyat, ijtimoiy 
huquq.
Vaqt xizmatlari
Rahbarlar
Ajratish
Jamoatchilik,
Muassasa, tashkilotlar
(dota^iya)
faoliyat, umum 
ahamiyatli faoliyat 
Moliyalashtirish
Sport tomoshalari
Musobaqalar,
Matbuot,
tomoshlar
tomoshabinlar
Jadvaldagi ko’rsatkichlardan ma’lumki, sport tashkilotlari o’z faoliyatlarini 
yuritishda marketingga xos xususiyatlarga ega bo’lgan turli xil ish turlari, 
xizmatlar, daromad qilish yo’llarini afzal ko’radi.
Sport reklamaaarining marketing mazmuni ekanligi-ni tasavvur qilish qiyin 
emas. Ayniqsa, yirik stadionlar, o’yin maydonlari, otchoparlar, velotreklar, ko’cha, 
hiyobonlardagi sportga doir reklama, afishalar, shuning-dek televideniening barcha 
kanallari tarkibida mavjud bo’lgan sport reklamalari sport marketingining 
qanchalik faoliyat ko’rsatayotganligini namoyish etadi.
Sport inshootlari, televidenielarda namoyish etilayotgan reklamalarda 
o’tkazilayotgan musobaqalar, dongdor kchublar, komandalar, sportchilar qatori 
sport buyumlari, jihozlari, sportchilarning iste’mol qiladigan ichimliklari va 
boshqa turlar ko’proq o’rin oladi,
O’zbekistonning yirik shaharlari, viloyatlarning markazlaridagi sport 
majmualari, stadionlar, tennis kortlari, suv havzalarida o’tkazilayotgan rasmiy 
musobaqalar jarayonida turli xil reklamalar tashkil etilmoqda. Televidenie va radio 
orqali sport sohasidagi yangiliktar, sport jihozlari va boshqalarni targ’ib qilish odat 
tusiga aylandi. Bunday faoliyatlar sport marketingining yurtimizga qadam 
qo’yayottanligidan darak beradi.
Ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish 
bilan birgalikda uning taraqqiyotdagi asosiy bosqichlar, omillar ham yoritib 
borilmoqda. 
Bunda 
sportlotto, 
stadionlardagi 
qatnashib 
kelayotgan 
tomoshabinlarning soni, homiylarning amaliy jihatdan ko’rsatayotgan moddiy 
yordamlari ham o’z ifodasini topmoqda.
Sport marketingida faoliyatlarni rejalashtirishning asosan ikki yo’lini ko’rish 
mumkin, ya’ni: mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi va faoliyatlarni harakatga 
solish rejasi. Ularning tarkibida o’ta murakkab ish faoliyatlari, xizmatlar va boshqa 
sohalar mazmun topadi. Bunga oddiy bir misol qilib quyidagini keltirish mumkin.
Sportchilar oyoq kiyimini (keta, but^i, botinka va boshqa) tayyorlashda teri 
yoki sun’iy terini tanlash, ranglarni belgilash, turli hajmlarda (razmer) bichish- 
tikish, belgi (etiketka) qo’yish, bog’ich yoki oyoqqa mahkamlovchi moslamalarni 
joylashtirish, maxsus joylarda ularni saqlash, jo ’natishga tayyorlash (upakovka), 
markalar qo’yish, narxlarni belgilash va hokazolar. Boshqa sport asbob-uskunalari, 
buyumlari, jihozlarini ham shu tarzda tayyorlashni hayolan tasavvur qilishning o’zi
117


marketing haqidagi tushunchalarni toTdiradi.
Bunday holatlarni avvaldan belgilab olish (rejalash) ishning aniq maqsad 
yo’lida borishi va yaxshi samaralarga erishishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqilgan (olingan) mahsulotlarni xaridorlarga (talabgorlar) etkazish 
uchun juda ko’p faoliyatlarni amalga oshirish, ya’ni harakat qilish lozim bo’ladi. 
Bu jihatlarni ham avvaldan maqsad yo’lida rejalashtirish talab etiladi. Bunda eng 
muhim bo’lgan omillar va shakllar kuyidagilardan iborat boTishi mumkin:
- murojaat qilish;
- xabar qilish;
- ishontirish;
- mahsulotlar haqida maTumotlar;
- xizmat turlari;
- asosiy g’oyalar va hokazolar.
Mahsulotlarni 
o’tkazish 
(sotish) 
uchun 
extiyojlarni 
kuchaytirish 
(rag’batlantirish - stimul) hamda tashkilotlar, kompaniyalar ramzini yaxshilash 
maqsadlari qo’yiladi.
Sport marketingidagi asosiy maqsad, vazifalar va g’oyalarni amalga oshirish 
uchun rejalashtirilgan tadbirlar asosida kuyidagi faoliyatlarni o’tkazish lozim 
bo’ladi:
1.Faoliyatlarni harakatlantiruvchi targ’ibotlar (matbuot, teleradio, sport 
inshootlari, ko’rgazma reklama, uchrashuv, xatlar yuborish va hokazolar).
2.Doimiy nashr etiladigan vositalarda (jurnal, seriyali qo’llanmalar, xabarlar 
va hokazolar) nashr qilish.
3. Matbuot-anjumanlar, prezenta^iyalar.
4.Maxsus nashrlar.
SHuni ham ta’kilash lozimki, mahsulotlarni o’tkazish (sotish) faoliyati 
shaxsiy sotish yo’li bilan ham amalga oshiriladi. Bunda sotuvchi va boshqa 
xizmatchilarning qiyofalari, kiyinishlari, zeb-ziynatlari (taranish, upa-elik va 
hokazolar), o’zini tutishi (ochiq chehra), qo’llar bilan ko’rsatish kabi harakatlar 
muhim ahamiyatga ega.
Marketing faoliyatida turli-tuman qiyinchiliklar, sun’iy to’sikdar uchrashi 
mumkin. Ayniqsa, «qiyin» xaridorlar (nozik, hiylakor, o’g’rilik qiluvchi va 
hokazolar) bilan muomala qilish san’ati ancha ustun turishi lozim.
Marketing faoliyatida mahsulotlarni baholash bir muncha ustuvor mas’uliyat 
hamda tadbirlardan biridir, Mahsulotlarga narx qo’yishning umumiy strategiyasi 
mavjud bo’lib, ular juda ko’p omillardan iboratdir. Bunda quyidagi jihatlarni 
ko’rish mumkin:
- Narx-navo va talabgorlik aloqasi. Bu, asosan, ehtiyoj va uning o’zgarib 
turuvchi qonuniyatlarini belgilovchi iqtisodiy holatlardir. Talabgorlik (extiyoj) 
qonuni narx o’rnatadi (belgilaydi), xaridorlar esa ularni eng arzon narxda oladi.
Narx iqtisodiy vosita sifatida tez-tez o’zgarib turadi. Ishlab chiqaruvchilar 
(sotuvchilar) ham, is’temolchilar (xaridorlar) ham narxni moTjalga olib ish 
ko’radilar.
Narxlarning shakllanishi bosqichma-bosqich, g’oyat mu-rakkab kechadi. 
Uning o’z qonun-qoidalari mavjud. Asosiy omillarga tovarning qiymati, tovarga
118


talab va taklif, tovarning nafligi va nihoyat, raqobatni kiritish mumkin.
Narxni yuzaga keltiruvchi eng muhim omil talab va tak-lifning nisbati 
hisoblanadi. Agar talab taklifdan ustun kelsa, narx oshgan, hisoblanadi, agar taklif 
talabdan ko’p bo’lsa, aksincha, narx pasayadi. Talab narxni oshir-gan chog’da 
unga javoban taklif ko’payadi, chunki yuqori narx sharoitida foydani ko’proq olish 
mumkin.
Bu holatlar narxlarning bir zaylda turishi va mahsulot xaridorlarining 
ko’payishi bilan bog’lanib ketadi. Natijada, marketing faoliyati to’g’ri ekanligi 
ayon bo’ladi.
Sport marketingi faoliyatida izlanish, tadqiqot ishlari muhim rol o’ynaydi, 
ya’ni mahsulot turlarini tanlash, talabgorlarni topish, narx-navolarni me’yorida 
saqlash ko’yilgan maqsadlarni amalga oshirishning asosiy omilidir. Bu ish usullari 
aholining, ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport ta^kilotlarining faoliyatini 
muvofikdashtirish, ularning talab va ehtiyojlarini qondirishda asosiy tadbirdir. SHu 
jihatdan olganda, O’zbe-kistsn sharoitida mavjud bo’lgan sport buyumlari va 
jihozlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, eng avvalo, aholining ehtiyojini e’tiborga 
olishlari zarur. Iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, 
ularni horijdan keltirayotgan sport mahsulotlari darajasidan oshirish yoTlarini 
izlash va maqsadga erishish kerak. SHunda mahalliy marketing faoliyati sport 
jamolari orasida ham keng yoyilishiga erishgan boTamiz.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling