Nizomiynomidagi toshkentdavlatpedagogikauniversiteti pedagogikavapsixologiyafakulteti
Download 129.5 Kb.
|
asadbek tibbiyot doctor A
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘alabami yoki motam
Kelishuvning tugashi
Yangi qaror qabul qilinishidan oldin Polshadagi abort bilan bog‘liq qonun Yevropada eng og‘irlaridan biri edi. Shu paytgacha mamlakatda «abort kelishuvi» amal qilib kelayotgandi. 90-yillarning boshida, kommunistik rejim qulagach, g‘arbona tuzum o‘rnatilgan Polshada yangi davlatda abort qilishga ruxsat berish kerakligi haqida qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tadi. O‘shanda mamlakatda nufuzi baland bo‘lgan katolik cherkovi va konservativ siyosiy doiralar abortni to‘liq taqiqlash tarafdori edi. So‘llar va liberallar abortning qonuniy taqiqlanishiga qarshi norozilik bildiradi. Oqibatda, 1993 yil oilani rejalashtirish, homilani himoya qilish va homiladorlikning tugatilishiga yo‘l qo‘yiladigan shartlar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. O‘sha qonunda abortga ruxsat berish uchun uchta shart ilgari surilgan edi. Homiladorlik onaning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid solsa; Tibbiy ko‘rikda homilaning jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan nuqsoni yoki uning hayotiga tahdid soladigan kasallikka ega ekanligi aniqlansa; Homiladorlik jinoiy yo‘l bilan sodir bo‘lsa. Bunday huquqiy qoidalar Polshada «abort turizmi» fenomenining paydo bo‘lishiga olib keldi. Farzand ko‘rishni xohlamaydigan ko‘plab polshalik ayollar boshqa Yevropa davlatlariga chiqib abort qildira boshladi. Bundan tashqari, mamlakatda yashirincha noqonuniy abort qiladigan klinikalar soni ko‘paydi. Bu qaror bekorga qabul qilinmagan, chunki so‘nggi yillarda mamlakatda abortlar soni ko‘payib ketdi. Abort haqidagi qonunning keskinlashishiga qarshi bo‘lgan faollar va huquq himoyachilari Konstitutsion sudning bu qarori ortidan Polshada yashirincha abort avj olishi mumkinligi haqida aytishmoqda. G‘alabami yoki motam? Konstitutsion sudning abortni taqiqlovchi qaroriniamaldagi hukumat tarafdori bo‘lgan o‘ngchilar va konservativlar xursandchilik bilan kutib olishdi. «Bugun Avliyo Ioann Pavel II (marhum polshalik sobiq Rim papasi) vatanida uning xotirasi uchun Hayot O‘lim ustidan g‘alaba qozondi. 2020 yilning 22 oktabr kuni tarixga kiradi. Biz XX asrda hukm surgan totalitar tuzumlar merosi bo‘lgan himoyasiz odamlarni o‘ldirish amaliyotini to‘xtatamiz», deb yozgan Polsha parlamenti deputati Tomash Zimkovskiy tvitterdagi sahifasida. «Farzand ko‘rish yoki ko‘rmaslik qarori homilador bo‘lishdan oldin qabul qilinishi kerak. Bunda kelajakda tug‘iladigan bola kasal bo‘lib qolishi mumkinligi ham inobatga olinishi kerak. Bolalarning nogiron bo‘lib tug‘ilishidan xavfsirab o‘ldirilishi konstitutsiyaga muvofiq emas», deb yozgan advokat va yozuvchi Magdalena Kojyekva-Kalishuk. Qarorga qarshi bo‘lganlar unga juda keskin munosabat bildirishdi. «Abortning taqiqlanishi ayollar uchun jahannam. Konstitutsion sudning bugungi siyosiylashtirilgan hukmi shuni anglatadi», deb yozgan Polsha parlamenti vitse-spikeri Malgojata Kidava-Blonskaya. «Bu siyosiy pastkashlik», deb yozgan Polshaning sobiq bosh vaziri, Yevropa Xalq partiyasi yetakchisi Donald Tusk. Huquq himoyachisi Marta Lempart barchani bu qarorga rozi bo‘lmaslikka va heshtegi bilan internetda joylashtirilgan 30 soniyali rolik ostida fikrlarini yozib qoldirishga chaqirgan. Download 129.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling