Nizomiynomidagi toshkentdavlatpedagogikauniversiteti pedagogikavapsixologiyafakulteti


Download 129.5 Kb.
bet4/8
Sana23.01.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1111401
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
asadbek tibbiyot doctor A

Kelishuvningtugashi
Yangi qaror qabul qilinishidan oldin Polshadagi abort bilan bog‘liq qonun Yevropada eng og‘irlaridan biri edi. Shu paytgacha mamlakatda «abort kelishuvi» amal qilib kelayotgandi. 90-yillarning boshida, kommunistik rejim qulagach, g‘arbona tuzum o‘rnatilgan Polshada yangi davlatda abort qilishga ruxsat berish kerakligi haqida qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tadi.
O‘shanda mamlakatda nufuzi baland bo‘lgan katolik cherkovi va konservativ siyosiy doiralar abortni to‘liq taqiqlash tarafdori edi. So‘llar va liberallar abortning qonuniy taqiqlanishiga qarshi norozilik bildiradi. Oqibatda, 1993 yil oilani rejalashtirish, homilani himoya qilish va homiladorlikning tugatilishiga yo‘l qo‘yiladigan shartlar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi.
O‘sha qonunda abortga ruxsat berish uchun uchta shart ilgari surilgan edi.

  • Homiladorlik onaning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid solsa;

  • Tibbiy ko‘rikda homilaning jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan nuqsoni yoki uning hayotiga tahdid soladigan kasallikka ega ekanligi aniqlansa;

  • Homiladorlik jinoiy yo‘l bilan sodir bo‘lsa.

Bunday huquqiy qoidalar Polshada «abort turizmi» fenomenining paydo bo‘lishiga olib keldi. Farzand ko‘rishni xohlamaydigan ko‘plab polshalik ayollar boshqa Yevropa davlatlariga chiqib abort qildira boshladi. Bundan tashqari, mamlakatda yashirincha noqonuniy abort qiladigan klinikalar soni ko‘paydi.
Polsha Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bir yilda mamlakatda rasman 1 116 marta abort qilingan. Norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili 120 ming polyak ayollari xorijda abort qildiradi. Ana shunday holatda «abort kelishuvi» shartlari har ikki tomon – unga qarshilarni ham, yoqlaydiganlarni ham birday qoniqtirmadi.
Inson huquqlari himoyachisi ekanini iddao qiladiganlar, feministlar va so‘l partiyalar abort to‘g‘risidagi qonunchilikni liberallashtirishni talab qilishdi. Ular abortga «ijtimoiy sabablarga ko‘ra» ruxsat berilishi lozim deb hisoblashadi. Katolik cherkoviga yaqin bo‘lgan o‘ngchilar va konservativ doiralar esa aksincha, Polshada bu masalada qonunchilikni kuchaytirish, hatto abortni butunlay taqiqlashni talab qilib chiqishdi.
So‘nggi besh yillikda Polshada konservativlarning «Huquq va adolat» partiyasi hukmronlik qilmoqda. Bu partiyaning saylovoldi dasturlarida abort to‘g‘risidagi qonunchilikka oid hech qanday va'da berilmaganiga qaramay, partiyaning taniqli vakillari uni qat'iylashtirish tarafdori bo‘lgan va bu haqda bir necha bor gapirgan.
2016 yil parlamentga nuqsoni bor homilani abort qilishni taqiqlash va noqonuniy abort qilgan ayol hamda operatsiyani o‘tkazgan shifokor uchun besh yillik qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama uchun taqdim etilgan. O‘shanda bu qonun loyihasiga qarshilar butun Polsha bo‘ylab norozilik namoyishlarini o‘tkazadi. Namoyishchilar motam belgisi sifatida qora kiyim kiyib olgan edi. O‘shanda ommaviy noroziliklar ortidan hukmron partiya parlamentda ushbu loyihani ko‘rib chiqishni rad etishga majbur bo‘lgan.



    1. Download 129.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling