Nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda yo‘l-patrul


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

5-bob. Yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda yo‘l-patrul
xizmati xodimlari bilan o‘zaro munosabat
20. YPX xodimi qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan huquqbuzarlik
to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida shaxsiy adovati tufayli shaxsning ahvolini
og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirishga harakat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sodir etilgan huquqbuzarlikni yengillashtirish hisobiga boshqa huquqbuzarlikni
rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


21. Yo‘l-harakati qatnashchisi MJtK 138-moddasining 
birinchi — uchinchi qismlarida 
nazarda
tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi faktiga e’tiroz bildirmagan, unga solinadigan jarima
miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmagan, jarima o‘sha joyning o‘zida
to‘langan, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi
153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida huquqbuzarga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
22. Basharti, yo‘l harakati qatnashchisi o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa yoki
belgilangan jarimani joyida to‘lay olmasa, u holda MJtKning 
279-moddasiga
muvofiq ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
23. MJtK 138-moddasining 
birinchi — uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan hollarda
huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma piyodaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida
rasmiylashtiriladi. Agar uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, yaqin oradagi ichki
ishlar organlari yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga olib borib, shaxsiga
aniqlik kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
24. Ma’muriy javobgarlikka tortish uchun alohida tartib belgilangan shaxslar tomonidan
maxsus moslamalar orqali qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularning javobgarlik masalasi
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling