Nizomni tasdiqlash haqida


Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari
hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro
munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz
yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi,
yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
yo‘l-patrul xizmati xodimi — yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini nazorat qilish,
boshqarish va tartibga solish vakolati berilgan ichki ishlar organi xodimi;
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan,
fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar,
yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;


yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining
oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
Oldingi
 tahrirga qarang.
maxsus moslamalar — maxsus avtomatlashtirilgan audio, foto va video qayd etish texnika
vositalari yoki ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, planshet hamda transport
vositalari oynalari yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi (taumetr) maxsus texnik vositalar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 173-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/173/0298-
son)

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling