Nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro
munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
12. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Nizomning 
6-bandida
ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra transport vositasini to‘xtatish,
undan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek,
tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish;
haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va
yuklarni tashqi ko‘zdan kechirish;
yo‘l harakati qatnashchilarining hujjatlarini tekshirish maqsadida elektron ma’lumotlar
bazasidan foydalanish;
yo‘l transport hodisasi va boshqa huquqbuzarlik sodir etilganligining guvohi bo‘lgan yo‘l
harakati qatnashchilarini aniqlash;


tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
foydalanish 
(chet 
davlatlarning 
diplomatik, 
konsullik 
vakolatxonalariga 
va 
boshqa
vakolatxonalarga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus
mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno);
transport vositasining dvigatel va agregat qismlarining raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida
yozilgan raqamlar bilan haydovchining bevosita ishtirokida solishtirish (haydovchining ishtirokini
ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish;
jinoyat sodir etganligi uchun ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda
qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlab turish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni, transport vositasida huquqbuzarlik
sodir etib hodisa joyidan yashiringan, YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (keyingi
o‘rinlarda — MJTK) 291-moddasi birinchi qismining 
“a” bandiga
ko‘ra transport vositasining
haydovchisi ushbu Kodeks 54-moddasining 
ikkinchi qismida
(transport vositalarining
harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 
90 -moddasida
, 125-moddasining 
uchinchi
,
beshinchi
va 
oltinchi qismlarida
, 125 -moddasining 
ikkinchi qismida

126-moddasida
, 127-
moddasining 
ikkinchi qismida

128 -moddasida 
(agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa
va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining
harakatlanishiga xalaqit bersa), 
131-moddasida

135-moddasida 
(transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka
oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan
mustasno), 136-moddasining 
birinchi
 va 
ikkinchi qismlarida

137-moddasida

194-moddasida 
(ichki
ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik
qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shu bilan birga, qonun
hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa holatlarda transport vositalarini ushlab turish;
(12-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 173-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/173/0298-
son)
alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda (keyingi
o‘rinlarda – mast holda deb ataladi) bo‘lgan, transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlari
bo‘lmagan, ruhiy holati yoki sog‘lig‘i transport vositasini boshqarishga to‘sqinlik qilishi mumkin
bo‘lgan, nosoz transport vositasini boshqarayotgan shaxslarni, shuningdek, MJtK 291-moddasi
birinchi qismining 
“a” bandida
nazarda tutilgan holatlarda transport vositasini boshqarishdan
chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini olib qo‘yish, transport
vositasini saqlab turadigan maxsus ajratilgan joyga qo‘yish uchun olib borilishini ta’minlash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, jismoniy kuch ishlatish,
maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash.
YPX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
13. Quyidagi hollarda YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi
kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:
transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish
maqsadida;
haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar
mavjud bo‘lganda;
transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida
yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish
maqsadida;
transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini
tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
1
1
6


haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga
tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni
susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi
charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).
Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati
cheklangan holatlar bundan mustasno.
14. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagilarga majbur:
xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borish;

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling