Nizomni tasdiqlash haqida


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

maxsus tadbirlar — yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l transport hodisalari hamda
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga doir, kompleks vazifalarni bajarishga qaratilgan,
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh
boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma
(bo‘lim, bo‘linma)larining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki o‘zaro kelishilgan reja asosida
yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) xodimlari, shuningdek, davlat boshqa
organlarining vakillari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harakatlar majmui;
ta’qib qilish — jinoyat sodir etilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar bo‘lgan transport
vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport
vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport
vositasining orqasidan quvish;
kuzatish — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘lgan o‘z harakatlari bilan boshqa
harakat qatnashchilari hayoti (sog‘lig‘i)ga xavf solayotgan transport vositasi haydovchisi YPX
xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda to‘xtatish maqsadida orqasidan
borish.
3. Mazkur Nizom talablari harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari hamda Qurolli Kuchlar va
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga
nisbatan ham tatbiq etiladi.
4. YPX xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
, “
Ichki ishlar
organlari to‘g‘risida
”, “
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida
”gi qonunlari hamda boshqa qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari,
shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. YPX xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari qonuniylik, odillik,
oshkoralik, tenglik, ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni
hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling