Noan’anaviy dars ishlanmalari 4 sinf


Download 112.37 Kb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi112.37 Kb.
#1207067
1   2   3   4   5
Bog'liq
Atadjanova Iroda

Amir Temir: Kengashib olmoq maqsadida chorladim. Katta bir ish qilmoq orzusidaman.
Vazir: So’zlang shohim, jon qulog’imiz ila tinglaymiz.
Amir Temir: Movorounahr poytaxti hisoblanmish Samarqand o’z go’zalligi, obodligi bilan dunyoga dong taratishini istardim. Samarqand atrofida o’z xesh aqrabolarimga atab bog’lar yaratish orzuim. Shu amalga oshib, go’zal bog’larda kezsam...
Vazir: Bunday ulug’ maqsadni albatta amalga oshiring! Buyuring shohim!
Amir Temir: Farmonni tayyorlang! Yettita bog’ barpo etgum. Ularni Bog’idilkusho, Bog’ichinor, Bog’ibehisht, Bog’ibaland, Davlatobod, Bog’inav, Bog’ishamol atagum. (Bog’lar nomini guruh a’zolari aytadi.)
Vazir: Amri podishoh vojib erur. Bu bog’lar yaratilib, sizning shuhrat-u, dovrug’ingiz taralgay, inshoolloh!
Amir Temir: Farmoni oliyni keng tarqating! Bog’bonu, dehqonni chorlang! Bog’ ishiga kirishingiz!
Vazir: Farmoni oliy bosh ustiga shohim.
(chiqib ketadilar)
3 - Guruh:
Sahnaga Zahiriddin Muhammad Bobur va vaziri kirib kelishadi.
Bobur: Mana Kobulga kelganimizga ham ancha bo’ldi. Bu yurt obodligiga ham e’tibor qaratmog’imiz zarur. Bog’bonu, dehqonlarni chorlab, bog’lar barpo etsak. Bog’larda Andijonimning har xil mevalari yetishsa.... Armonim qolmasdi.
Vazir: To’g’ri aytasiz, shohim. Bu yerning ob – havosi ancha issiq, garmselli. Lekin bog’lar barpo etish mumkin. Buyuring shohim, xizmatingizga hozirmiz.
Bobur: Buyrug’im shulkim, Kobulda Bog’ishahroro, Bog’ijahonoro, O’rtabog, Bog’ivafo, Bog’iboburni yaratingiz! (Bog’lar nomini guruh a’zolari aytadi.)

Vazir: Buyrug’ingiz vojib, shohim.
Bobur: Hazrat Amir Temir yaratgan bog’lar mamlakatning faxriga aylangan. Bizlar ham u zotlar avlodidanmiz. Ota – bobolardan qolgan obodonchilik, tabiatni sevish, ardoqlash kabi ulug’ fazilatlarni biz ham davom ettirmog’imiz joizdir.
Vazir: Yaxshi o’ylabsiz podshohi olam. Ulug’ ish boshida turasiz, inshooloh.
(chiqib ketishadi)

Download 112.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling