Mavzu: Moliya tizimi


Download 49.21 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi49.21 Kb.
#1483849
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya tizimi



MAVZU: Moliya tizimi
Reja:


1. Moliya va uning asoslari
2. Moliyaning vazifalari
3. Moliya tizimi


Moliya va uning asoslari
Moliyaning mohiyati. Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman moliya xalq xo`jaligidagi pul resurslari bilan bog`langan bo`lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma`lumki, ishlab chiqarish iste`moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi.
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular tovarlarga almashinilib, iste`molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste`moli davlat tomonidan ta`minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Aholi ijtimoiy himoyasi, atrof muhitni saqlash, mudofaa, davlat boshqaruvi, nomoddiy sohalarni ta`minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlar yuzaga keladi. Shu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o`tilgan tarmoq va sohalarning ehtiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi.
Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar hosil bo`lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya mahsulot qiymatining taqsimlanishidir. qiymat taqsimoti mahsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo`lib, u iste`molga atalgandir.
Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo`lib, birinchisi asosan umumjamiyat mohiyatini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkorlar, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Mo-liyaviy munosabatlar va aloqalarning sub`ektlari bo`lib, bularga moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchi korxona, davlat, tashkilot, muassasa, fuqaro kabilar kiradi. Har bir sub`ekt o`ziga qaratilgan mahsulotlarga teng bo`lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar turlicha bo`lib, har biri ma`lum maqsadni ko`zlaydi. Masalan, davlat moliyasi davlatni boshqarish, mudofaani ta`minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, zahiralar tashkil etish kabilarga sarf etiladi.
Moliya munosabatlarining ob`ekti deganda pul zahiralarini tushunamiz. Albatta bular ma`lum miqdordagi mahsulotlarni o`zida ifoda etishi zarur.


Moliyaning vazifalari


Moliyaning o`ziga xos vazifalari mavjud bo`lib, bulardan asosiy to`rt xilini ko`rsatish mumkin: taqsimlash, rag`batlantirish, ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy axborot vazifalari. Moliyaning vazifalari (funktsiyalari) deganimizda uning xo`jalik faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalanishini tushunamiz. Haqiqatan ham qiymatning taqsimlanishi pul fondi va resurslarning ishlatilishi tufayli moliya mahsulotlarni taqsimlash, shaxslar va jamoalarni rag`batlantirish, aholining ijtimoiy himoyalanishini amalga oshirish, iqtisodiy axborot kabilarda o`z aksini topadi.

Download 49.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling