Mavzu: Moliya tizimi
Download 49.21 Kb.
|
Moliya tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya tizimi
- Mikromoliya
Moliyaviy axborotlarning iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni baholashdagi o`rni katga. Bu moliyaviy yakunlar xususida o`z vaqtida xabarlar berib turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy ko`rsatkichlar orqali ishlab chiqarishni kuzatish, moliyaviy fondlar holati bo`yicha xalq xo`jaligi sohalarining muvozanati, bir-birlariga monandligi kabilarni aniqlash imkoni tug`iladi.
Moliyaviy axborotda auditorlik xizmati ma`lum o`rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. Chunki, auditorlik xizmati korxonalar, kompaniyalarning xo`jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil etadi, ekspertizasini bajaradi, xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o`z vaqtida etkazib beradi. Ma`lumki, bunday xizmat moliyaviy boshqaruvda ahamiyatlidir. Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o`sish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslari-ning to`g`ri yo`nalishda bo`lishi va ularni samarali sarf-lash moliya faoliyatiga, uning vazifalari reallashuviga bogliq. Ko`rib chiqqanimizdek, takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o`sish pul mablag`lari bilan ta`minlanishdan boshlanadi. Shu yo`lda moliya o`z vazifalarini bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy o`zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo`jalik faoliyatini rag`batlantiradi. Bularni amalga oshirish moliyaviy vositalar tufayli yuz beradi. Bular qatoriga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya, foyda, aktsiya kursi, dividend, soliqlar, sug`urta xaqi, bank xaqi, dotatsiya, subsidiya, kompensatsiya kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy vositalar fondlarda shakllanib moliya resurslarini tashkil etadi. Ana shu resurslar orqali moliyaning ta`siri va harakati amalga oshadi. Aytaylik, amortizatsiya fondi va foy-daning bir qismi investitsiya uchun xizmat qiladi, bularning ko`payish rezervlari ishlab chiqarish quvvatlarini ko`paytirish rezervlari demakdir. Agarda bular etarli bo`lmasa, texnika, texnologiyaga sarf etish kamayadi va ishlab chiqarish o`sishi susayadi. Yoki dividendlarni olaylik. Bular yuqori bo`lsa, aktsiya chiqargan kompaniyalar ahvolining yaxshiligidan darak beradi, ularning moliyaviy holati yaxshi bo`lib, aktsiya kursi oshadi, qo`shimcha kapital kelishi, umuman iqtisodiy o`sish tezlashadi. Moliyaviy resurslarda asosiy o`rinni foyda va milliy boylik tutadi. Bular iqtisodiy o`sish manbaini tashkil etadi. Foyda, sof daromad sifatida investitsiya, turli rezervlar, sug`urta va ijtimoiy fondlarni uyushtirish uchun taqsimlanadi. Moliyaviy resurslar pul shaklida bo`lganligi tufayli ular moddiy ta`minlanish orqaligina iqtisodiy kuchga ega bo`ladilar. Agarda ularni mahsulot bilan qoplash imkoni bo`lmasa, uning iqtisodiyot uchun, ayniqsa ishlab chiqarish uchun hech qanday ta`siri bo`lmaydi. Moliyaviy resurslar ikki turga, ya`ni mikroresurslar va makroresurslarga bo`linadi. Mikroresurslar markazlashmagan bo`lib, korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. Bunga qarzga olingan pullar ham kiradi. Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan iborat bo`lib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bular umuman byudjetda jamg`ariladi. Shu bilan birga boshqa fondlar ham mavjuddir. Bozor iqtisodiyotida, albatta, mikroresurslar asosiy o`rinni egallaydi. Bozorda erkin iqtasodiy faoliyat sharoitida albatta firma, kontsern, korporatsiya, birlashma, korxona kabilarning moliyasi asos bo`lib hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o`rinda bo`ladi. Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish, moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi: 1) o`zini-o`zi moliyalashtirish, 2) qarz olish (kredit), 3) zaruriy holatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish. Birinchi usulda pul mablag`lari, resurslari har bir iqtisodiy sub`ekt tomonidan o`z xisobiga shakllanadi. Ikkinchi usulda qarz olish hisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar hisobiga moliyalashtirish zaruriyati tug`ilishi bilan moliya resursi paydo bo`ladi va shu asosdagi sarmoyalar ishga solinadi. Bozor iqtisodiyoti talabi bo`yicha sarmoya va mablag`larning erkin harakati ta`minlanadi. Bu albatta moliya bozorining rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moliya bozori milliy va xalqaro miqyosda bo`lib, bunda pul mab-lag`larining erkin harakati shakli tushuniladi. Har qanday bozor shakliga o`xshab, pul bozorining ham ob`ekt va sub`ektlari mavjuddir. Moliya bozorining ob`ektlari asosan qimmatbaho qog`ozlar, pul, qarz pul kabilardir. Aktsiya, obligatsiya, chek, veksel kabilar qimmatbaho qorozlar bozorining ob`ektini tashkil etsa, qarz pullar kredit bozorining ob`ekti hisoblanadi. Moliya bozorida pul egalari va ularga muhtojlar uning sub`ektlari hisoblanadi. Bularning o`rtasidagi bevosita munosabat va oldi-sotdi moliya bozorining mazmunini bildiradi. Bu jarayonda talab va taklif ta`siri hamda erkin baho asos bo`lib xizmat qiladi. Moliya bozori bo`sh pul mablag`larini jamg`aradi va ma`lum maqsadni mo`ljallagan holda ularni moliyaviy resurslarga aylantiradi. Bu aholi qo`lidagi harakatsiz yotgan pullarni ishga solishda ayniqsa qo`l keladi. Ka-pitalga aylangan pul mablag`larining tarmoqlar o`rtasi-dagi harakatini, ularning sohadan sohaga ko`chishini ta`-minlab, erkin ko`chib yurish, pul resurslaridan samarali foydalanishni ta`minlashda moliya bozorining ta`siri katta. Masalan, kompyuter sanoati tezlik bilan o`sib borar ekan, demak, buning uchun katta mablag` zaruriyati tug`iladi. Buning uchun bu sohaga keng miqyosda pul kapitali darkor. Metallurgiya kengaymasa, hatto qisqarib borsa bundagi pul kapitali erkin holda boshqa tarmoqqa, misolimizdagi kompyuter sanoatiga ko`chishi kerak. Chunki, bu erda talab yuqori, foyda katta, demak, baho ham yuqori, metallurgiya va shunga o`xshash tarmoqlarda esa talab kam, foyda nisbatan past. Bu moliya bozori orqali hal qilinadi. Pul sarmoyalari erkin holda, ya`ni oldi-sotdi tarzida eng zarur tarmoqlar tomon harakat qiladi, pul resurslari bilan ta`minlash normallashtirilib boriladi. Moliya tizimi Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig`indisi, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari hamda moliya siyosatini tushunish kerak. Mikroiqtisod va makroiqtisod mavjud bo`lganidek moliya tizimida ham mikromoliya va makromoliya mavjuddir. Mikromoliya birlamchi bo`lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashqi moliyaviy, pul bilan bog`langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o`zlari pul topib, o`zlari taqsimlab, o`zlari ishlatadilar. Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jumladan ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o`z ichiga olsa, tashqi aloqalar pul sarmoyalari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo`lgan munosabatlarni o`z ichiga oladi. Mikromoliyada xo`jaliklar o`z moliyalarini shakllantiradilar va tashqi moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatdan olingan foyda, korxona sotib olingan bo`lsa, o`z ishchi va xizmatchilaridan tushadigan pul, shuningdek, firma sotgan aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag`lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi. Korxona, firma moliyasi albatta, o`z faoliyatlari natijasi bo`lib, avvalo u foyda darajasi va miqdoriga bog`liqdir. Ko`rinib turibdiki, bu xo`jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir. Chunki, korxonaning yaxshi ish natijalari o`z hissasining ortib borishi, o`zi ishlab topgan sarmoyalar hisobiga pul resurslarini ko`paytirib o`z ishini o`zi moliyalashtirish darajasida bo`lishi mustaqil ish olib borish, tez rivojlanish imkonini tug`diradi. Moliyaviy qaramlik har bir firma uchun doimo qiyinchilik tug`diradi. Mikromoliyadagi tashqi majburiyatlarni olsak, bular soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, sug`urta pulini to`lash, qarz-kredit hajmiga qarab qarz qismi hamda foizini to`lash kabilarni o`z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani rivojlantirish hamda asosiy kapital qismini yangilab borish aylanma kapitaliga qo`shilish bilan bog`liq xarajatlar amalga oshiriladi. Firmani kuchaytirish maqsadida imkoni boricha boshqa firma aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olish, o`z ishchi va xizmatchilarini rag`batlantirish uchun, sarmoyalarni ko`paytirish uchun harakat qilinadi. Mikromoliyada aktsiya va obligatsiyalarning ta`siri katta bo`lishi mumkin. Aktsiya qimmatbaho qog`oz bo`lib, u korxona kapitalida ishtiroklilikni bildiruvchi hujjatdir. Aktsiya daromad keltiradi. Bu dividend deyiladi. Obligatsiya esa qarzdorlikni bildiruvchi qimmatbaho qog`oz bo`lib, bu ham foiz turida daromad keltiradi. Keyingi vaqtlarda hissadorlik jamiyatlari ko`payib, aktsiyalarning korxonalar iqtisodiy faoliyatiga ta`siri ortib bormoqda. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo`ladi. Oddiy aktsiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo`ladi va aktsioner ovoz berish xuquqiga ega bo`ladi. Imtiyozli aktsiyada esa daromad oddindan belgilanib, kafolatlanadi, lekin aktsioner ovoz berish huquqiga ega emas. Imtiyozli aktsiyalar xaridorgir bo`lib, bozorda uning xaridorlari ko`p, bahosi esa oldi-sotdida belgilanadi. Aktsiyalarning bozor bahosi ularning sotish kursini yuzaga keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aktsiya kursi iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillariga ega. Makromoliya asosan davlat moliyasidan iborat. Lekin bunga mavjud ijgimoiy fondlar ham kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta`minlash uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Lekin davlat moliyasi uning ixtiyoridagi korxona, tashkilot, muassasalarning moliyasini ham o`z ichiga oladi, ya`ni bunda mikro va makro moliya bir-biriga chatishib ketadi. Aralash iqtisodiyot xususiyatiga ega bo`lgan davlat iqtisodiyotining moliyasi ham bozor va nobozor munosa-batlaridan iborat bo`ladi. Shuning uchun ham davlat moliyasi tarkibi murakkab bo`lib, davlat byudjeti, uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va korxonalar moliyasi kabilarni o`z ichiga oladi. O`tgan davr mobaynida bank tizimi iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlaridan hisoblangan energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, engil va mahalliy sanoatni rivojlantirishga salmoqli hissa qo`shdi. Jumladan, Buxoro va Farg`ona neftni qayta ishlash zavodlari, Ko`kdumaloq neft koni, kimyo sanoatida “Navoiyazot” Qizilqum fosfor zavodi, Sho`rtan gaz-kimyo kombinati, YAngiyo`l tsellyuloza-qog`oz fabrikasi, Asaka avtomobil zavodi va unga tutash bo`lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi o`ndan ortiq qo`shma korxona qayta qurilib, ishga tushirildi. Moliya tizimi Davlat moliyasi daromadlari avvalo, aytganimizdek, milliy daromad va milliy boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo`ladi. Aniq holda davlat ixtiyoriga tekkan qismi hiso-biga shakllanadi. Buning ichki manbalari soliqlar, zayomlar, emissiyadan iboratdir. Soliqlar davlat byudjetining manbai bo`lib, xo`jalik faoliyatini rag`batlantirish va ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajaradi. Albatta soliqning ob`ekt va sub`ektlari bo`lib, uning normasi, imtiyozliligi ham mavjud. Davlat zayomlari qarz hisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va fuqarolardan qarz olish hisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida qo`llaniladi. Ular markaziy, mahalliy bo`lib, muhlati tugagach davlat tomo-nidan sotib olinadi. Emissiya qo`shimcha pullar chiqarish bilan bog`liq bo`lib, qo`shimcha daromaddir, ya`ni o`z xarajatlarini qoplay olmaganda qo`llash mumkin bo`lgan vosita hisoblanadi. Kredit emissiyasi ham bo`ladi. Basharti soliq va zayomlar etarli miqdorda bo`lmasa, emissiyadan foydalanishadi. Bu manbalardan tashqari davlat moliyasiga uning iqgisodiy faoliyatidan keladigan tushumlar ham kirib, dividend, foiz, ijara haqlari, davlat mulkini sotish kabilardan kelgan daromadlar shular jumlasidandir. Albatta bu va bularga o`xshash daromadlar davlat xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Davlat moliyasining ikkinchi tomoni umumdavlat xarajatlaridir, bular asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi, ya`ni davlatning investitsiya ajratmalari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyoj uchun ajratmalar, davlat boshqaruvi kabilarning moliyaviy manbai asosan uning byudjetidir. Davlat byudjeti asosiy xarajatlari-ning to`rt asosiy xili mavjud: 1) ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish; 2) davlatga qarashli maorif, sog`liq-ni saqlash, ijtimoiy ta`minot; madaniyat tarmoqlarini pul bilan ta`minlash; 3) mavjud davlat idoralari xarajatlari; 4) mamlakat mudofaasini ta`minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu to`rt xil xarajatlarni to`la qoplashi zarur. Download 49.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling