Mavzu: Moliya tizimi
Download 49.21 Kb.
|
Moliya tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy himoyalash ham
Taqsimlash vazifasi milliy mahsulot, milliy daromadning pul fondlari shakllanishi asosida taqsimlani-shidan iboratdir. Birlamchi va qayta taqsimlash mavjud. Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash birlamchidir, bundan keyingi taqsimlanish qayta taqsimlashdan iboratdir. Aytaylik, ish xaqi, foyda, ijtimoiy sug`urta, amortizatsiya kabi fondlarga bo`linish birlamchi taqsimotga kiradi. Soliqlar, turli to`lovlar, maishiy xizmat xaqi kabilar ikkilamchi yoki qayta taqsimlashga kiradi. YAlpi milliy mahsulotni 100 foiz deb olsak, shundan 60 foizi ishlab chiqarishni tiklash, 20 foizi ish xaqi, 15 foizi foyda, 5 foizi ijtimoiy sug`urta fondlari uchun taqsimlanishi mumkin.
Iqtisodiy rag`batlantirish ham avvalo moliyadan, ham pulni taqsimlashdan boshlanadi. Soliq tizimidagi imtiyozlar, to`lovlarda va subsidiyalarda ragbat-lantirish o`z aksini topadi. Boj xaqini kamaytirish, mukofot fondlari tashkil etish va ulardan foydalanish iqtisodiy faollikka undaydi. Bularning biri eksport yoki importni rag`batlantirsa, ikkinchisi bevosita ishlovchi jamoalarni rag`batlantirladi. Ijtimoiy himoyalash ham moliyadan boshlanadi va u orqali amalga oshiriladi. Chunki, u avvalo pul orqali, pul fondlari vositasida bajariladi va u pul tufayli amalga oshiriladi. Ma`lumki, aholi qatlamida muhtoj qismlari ko`p, ya`ni etim bolalar, qariyalar, nogironlar, kamdaromadli oilalar shular jumlasidan bo`lib, ular o`z tirikchi-ligini yuritishni minimal darajada ta`minlashda ham doimo muhtoj bo`ladilar. Ijtimoiy himoyalash esa shularni moliyaviy ta`minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat yordamida amalga oshadi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni amalga oshirib boradi. Bunga yordamchi sifatida korxona, tashkilot, jamoalar ham shunday fondlar tashkil etadi va aholini ijtimoiy himoyalashda faol ishtirok etadi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar bundagi asosiy fondlar hisobiga kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy iste`mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo`lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni sog`lomlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Bulardagi umumiylik ommaviy ijtimoiy kafolatlilikdadir. Inflyatsiya vaqtidagi kompensatsiyalar yoki zararlarni qisman qoplashga jalb etilgan fondlar ham shular jumlasiga kiradi. Download 49.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling