Noan`anaviy dars shakllari


Navbatdagi guvox chaqirtiriladi


Download 393.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana06.04.2023
Hajmi393.25 Kb.
#1277695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLAR VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Navbatdagi guvox chaqirtiriladi. 
Qoralovchi: 
Aytingchi, guvox, Otabek millat taqdiri bilan qayg`uruvchi 
kishilardan edimi?  
3-guvoh: 
Albatta taqsir! 
Otabekni millat taqdiriga befarq deb bo`lmaydi. Azizbekning Qo`qonga qarshi 
bosh ko`targani xalq tomonidan odatiy qarshi olindi. Ammo Otabek bu xabarga 
oddiy qaray olmadi. “Eb turgani og`zida, qolgani bo`g`zida qoldi”. Otabek 
millatni, xalqni, musulmonni jar yoqasida turganidan vahimaga tushdi. Yoki bir 
misol; Qipchoqlarning qirg`in etilishi Otabekni daxshatga soldi. U bu fojeaga 
oddiy tomoshabin bo`lib qaramadi. Barcha zahrini otasiga sochdi. Otabek “jahl 
chiqsa aql ketadi” qabilida ish qilaversak vaziyatni anglash, oqni qoradan ajrata 
biluvchi yigitlardan edi. Yusufbek hoji o`g`lining gaplaridan ko`ziga yosh olib
“Nega har bir narsaga etgan aqling shunga etganda oqsaydur?”, deganida 
Otabekdagi ana shu fazilatni nazarda tutgan edi. 
Navbatdagi guvox chaqirtiriladi. 
Oqlovchi: 
Siz bizga Otabekning ayonlariga bo`lgan munosabati xaqida 
biror narsa ayta olasizmi? 
Guvoh: Otabekning ayonlariga bo`lgan munosabati ro`mon boshidayoq 
ma`lum edi. “Oladirg`on xotining`iz sizga muvofiq bo`lishi barobarida er ham 
xoting`a muvofiq bo`lsin”, - deya fikr bildiradi. Shu tufayli uylanmay turib, 
Zaynabga achinadi, “bir bechoraga ko`ra bila turib, jabr ham xiyonat”, - degan edi. 
Otabek Kumushga muhabbat orqasidan uylangan bo`lsa, Zaynabga ota-ona orzusi 
tufayli uylandi. Shu bois bir qalbga ikki muhabbatni sig`dira olmadi. Bunda 
Otabekni ayblab, bo`lmas taqsir. 
Navbatdagi guvox chaqirtiriladi. 


Qoralovchi: Aytingchi, guvoh, marg`ilonlik Kumushbibining Otabekni 
sehrlab olishiga sabab bormi? 
Guvoh: Zero ota-onasining Otabekdan boshqa umid nishonasi, hayot quvonchi 
yo`q edi: Yusufbek Hojining tili bilan aytganda, dunyoda ko`rib o`tadigan 
orzumiz, xavasimiz faqat senga qarab qolgan. Otabek farzandlik burchini yaxshi 
bilgani uchun ota-ona orzusiga jonsiz xaykal bo`lib rizolik berdi va istamagan 
holda bechora Zaynabning umriga zavol bo`ldi. Otabek va Kumush o`rtasidagi 
munosabatda esa, majburiyat bor edi. 

Download 393.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling