Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘G‘risida
-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish shartlari
Download 51.32 Kb.
|
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-modda. Hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
19-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish shartlari
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati u haqidagi ma’lumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga kiritish vositasida hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Xabarnoma qabul qilinganligini tasdiqlash lombardni lombardlar reyestriga kiritish vositasida amalga oshiriladi. Lombard o‘z faoliyatini boshlaganlik haqidagi xabarnomani yuborguniga qadar kassa xonalarining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta’minlashi shart. Mazkur talabni bajarish o‘rniga lombard o‘z faoliyatini kompleks sug‘urtalash polisini taqdim etishga haqli. Mikromoliya tashkiloti naqd pullar va qimmatliklar bilan faoliyatni amalga oshirish chog‘ida ularning butligini, daxlsizligini va xavfsizligini ta’minlashi shart. Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining ular hisob ro‘yxatidan o‘tguniga qadar amalga oshiriladigan faoliyati, shuningdek lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanguniga qadar lombardning amalga oshiriladigan faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yiladi. 20-modda. Hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Mikromoliya tashkiloti yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza beruvchining firma nomi va joylashgan eri (pochta manzili), shuningdek uning bank hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatilgan arizani; ariza beruvchining ishtirokchilari (aksiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni; uning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kiritilgan mablag‘larning manbalari to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni; ariza beruvchining rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kredit va investitsiya siyosatini, tavakkalchiliklarni, aktivlar va passivlarni boshqarish siyosatini belgilovchi hujjatlarni; namunaviy bosh kredit shartnomasining (qayta moliyalashtirish shartnomasining) loyihasini; keyingi uch yilga mo‘ljallangan biznes-rejani. Norezidentlar tomonidan mikromoliya tashkilotini yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini tashkil etish chog‘ida yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: yuridik shaxsni nazorat qilish organining mikromoliya tashkilotini yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini tashkil etish uchun yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish uchun ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risidagi yozma tasdig‘i yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi tasdiqnoma yoki uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ mavjud emasligi to‘g‘risida yuridik shaxsning tasdiqnomasi; auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotlar — yuridik shaxslar ishtirok etgan taqdirda; oxirgi ikki yil uchun daromadlar haqidagi deklaratsiya — jismoniy shaxslar ishtirok etgan taqdirda. Norezidentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar norezident bo‘lgan yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan yoki norezident bo‘lgan jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasi, norezident bo‘lgan yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan yoki norezident bo‘lgan jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi yoki mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoxud diplomatik vakolatxonasi tomonidan tasdiqlanadi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida tasdiqlanadi. Markaziy bank ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning shakli va mazmuniga talablar belgilashga, shuningdek tegishli vakolatli organlardan ariza beruvchini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olishga haqli. Download 51.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling