Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘G‘risida
-modda. Nobank kredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibining o‘zgarishi
Download 51.32 Kb.
|
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik
15-modda. Nobank kredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibining o‘zgarishi
Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ularga aloqador shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘n foizni va undan ko‘proq foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Dastlabki ruxsatnomani olish uchun nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olishni niyat qilgan shaxs Markaziy bankning elektron platformasi (bundan buyon matnda elektron platforma deb yuritiladi) orqali Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: 1) nobank kredit tashkilotining ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibiga yangi ishtirokchi (aksiyador) kirgan taqdirda: a) nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni; b) nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olishni niyat qilgan shaxsning ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni; v) ushbu Qonun 20-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarni, agar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olishni niyat qilgan shaxs norezident bo‘lsa; 2) ishtirokchiga (aksiyadorga) tegishli hissaning miqdori (aksiyalar soni) ko‘paytirilgan taqdirda — nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini ko‘paytirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni. Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasisiz nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini olish bo‘yicha tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Markaziy bankning keyingi ruxsatnomasini olish shaxs nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan hajmdagi ulushini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda (huquqiy vorislik, meros, hadya yoki sudning qaroriga asosan mulk huquqini olish) olgan taqdirda talab etiladi. Shaxs nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda olgan kundan e’tiboran Markaziy bank tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunga qadar, Markaziy bank tomonidan keyingi ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda esa, bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran va mazkur ulush boshqa shaxsga o‘tkazilgunga qadar ushbu shaxsning ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilish, kun tartibiga masalalar kiritish, shuningdek kuzatuv kengashi (mavjud bo‘lganda) va ijro etuvchi organlari a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi to‘xtatib turiladi. Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda olgan shaxs uni olgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida Markaziy bankka elektron platforma orqali keyingi ruxsatnomasini olish uchun arizani va mazkur shaxsning ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak. Markaziy bank dastlabki yoki keyingi ruxsatnomani berish yoxud dastlabki yoki keyingi ruxsatnomani berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qarorni ushbu moddaning ikkinchi yoki beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida qabul qiladi. Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olish uchun berilgan dastlabki ruxsatnoma u olingan kundan e’tiboran olti oy davomida yuridik kuchini saqlab turadi. Dastlabki yoki keyingi ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi va (yoki) ularda noto‘g‘ri va (yoki) buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi; nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olayotgan yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda olgan shaxsning ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq emasligi; kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablag‘lardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘lardan nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini olish uchun foydalanilganligi. Ishtirokchi (aksiyador) tomonidan ariza berilmagan yoki keyingi ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda olingan nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi: keyingi ruxsatnomani olish uchun ariza berilmagan taqdirda, ulush olingan kundan e’tiboran; keyingi ruxsatnomani berish rad etilgan kundan e’tiboran uch oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilishi lozim. Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi shaxslar tarkibida ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxsning mavjudligi fakti aniqlangan taqdirda, Markaziy bank nobank kredit tashkilotiga va uning yuqori boshqaruv organiga uni almashtirish talabi bilan ko‘rsatma yuboradi. Mazkur ko‘rsatma olingan kundan e’tiboran ko‘rsatmada qayd etilgan shaxsning ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilish, kun tartibiga masalalar kiritish, shuningdek kuzatuv kengashi (mavjud bo‘lganda) va ijro etuvchi organlari a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi to‘xtatib turiladi. Nobank kredit tashkiloti yoki Markaziy bankning ko‘rsatmasida qayd etilgan shaxs ko‘rsatma ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy sudga shikoyat qilishga haqli. Ko‘rsatma ustidan shikoyat berilishi Markaziy bankning qarorini ijro etishdan ozod qilmaydi. Nobank kredit tashkiloti ishtirokchilar tarkibi o‘zgarganidan keyin ustavga kiritilgan o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalarni ular qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etishi shart. Download 51.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling