Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘G‘risida
-modda. Mikromoliya tashkilotining faoliyatini to‘lov tashkilotlari tomonidan amalga oshirish
Download 51.32 Kb.
|
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik
11-modda. Mikromoliya tashkilotining faoliyatini to‘lov tashkilotlari tomonidan amalga oshirish
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini to‘lov tashkilotlari ham to‘lov tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob ro‘yxatidan (bundan buyon matnda hisob ro‘yxati deb yuritiladi) o‘tganidan keyin amalga oshirishga haqli. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotlariga ushbu Qonunda mikromoliya tashkilotlari uchun quyidagilarga nisbatan nazarda tutilgan talablar qo‘llaniladi: ularni tashkil etishga, shuningdek filiallarni ochishga; ishtirokchilar (aksiyadorlar) tarkibini o‘zgartirishga; hisob ro‘yxatidan o‘tish tartib-taomillariga; faoliyatni amalga oshirishga; nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshirishga, shu jumladan prudensial normativlarga rioya etishga; mikromoliya tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga. Ushbu Qonunda nobank kredit tashkilotlarining firma nomiga nisbatan belgilangan talablar, nobank kredit tashkilotlarining rahbar xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari, shuningdek ushbu Qonun 20-moddasining birinchi qismida hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun hujjatlarni taqdim etishga belgilangan muddat mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkiloti ijro etuvchi organining a’zolaridan biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan, mikromoliya tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotlari o‘zida mavjud bo‘lgan kredit axborotini kredit byurolariga va Kredit axborotining davlat reyestriga kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart. Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotidan to‘lov tashkilotining faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi chaqirib olinganligi uning mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan chiqarilishi uchun asos bo‘ladi, bundan uning mikromoliya tashkiloti sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishi hollari mustasno. To‘lov tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan mikromoliya tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur tashkilot: litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida bu haqda Markaziy bankni xabardor qilishi; mikromoliya tashkiloti sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishi va Markaziy bankka bu haqda litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran qirq besh kun ichida ma’lumotlar taqdim etishi shart. Ushbu ma’lumotlar taqdim etilguniga qadar ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi. Download 51.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling