Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘G‘risida
-modda. Prudensial normativlarga rioya etish
Download 51.32 Kb.
|
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-modda. Mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish.
26-modda. Prudensial normativlarga rioya etish
Ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlari, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari prudensial normativlarga rioya etishi shart. Prudensial normativlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlarini; likvidlilik koeffitsiyentlarini; bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini. Lombardlarning, shuningdek faoliyatni o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari va o‘z ishtirokchilaridan (aksiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining prudensial talablarga rioya etishi talab etilmaydi. 27-modda. Mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish. Ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, o‘zlariga aloqador bo‘lgan shaxslarga yoki bunday shaxslar nomidan harakat qiladigan shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishi bunday xizmatlar ushbu tashkilotlarga aloqador bo‘lmagan shaxslar uchun nazarda tutilgan shartlarga qaraganda ancha qulay shartlar asosida ko‘rsatiladigan hollarda taqiqlanadi. Mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan shaxslar quyidagilardan iborat: uning rahbar xodimlari; mikromoliya tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) yigirma foiz va undan ortiq ulushlariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi shaxslar; uning ustidan nazoratni amalga oshirayotgan yoki uning nazorati ostidagi yoxud u bilan birgalikda uchinchi shaxs nazorati ostida bo‘lgan shaxslar; ushbu qismning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari (qarindosh yoki qayin-bo‘yinchilik munosabatidagi shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar hamda opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari); yuridik shaxslar ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foiz va undan ortiq ulushlarga egalik qiluvchi shaxslar mikromoliya tashkiloti ustidan nazoratni amalga oshirayotgan bo‘lsa, mazkur yuridik shaxslar. Ancha qulay shartlarni taqdim etish deganda quyidagilar tushuniladi: mikromoliya tashkilotining o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxsga yoki shunday shaxsning manfaatlarini ko‘zlab o‘zining tabiati, maqsadlari, o‘ziga xos xususiyatlari va tavakkalchiligiga ko‘ra boshqa shaxslarga ko‘rsatmaydigan xizmatlarini ko‘rsatishi; xizmat ko‘rsatish uchun boshqa shaxslardan talab qilinadiganidan pastroq tarzda haq olish yoki ta’minotni boshqa shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat bo‘yicha qabul qilish. Mikromoliya tashkiloti o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslarga ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda, kuzatuv kengashining (mavjud bo‘lganda) yoki yuqori boshqaruv organining qaroriga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Agar shaxs mikromoliya tashkiloti bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaganidan keyin unga aloqador shaxsga aylansa, mikromoliya tashkilotining kuzatuv kengashi (mavjud bo‘lganda) yoki yuqori boshqaruv organi mazkur shaxs unga aloqador shaxsga aylangan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ushbu shartnomani ma’qullashi yoki uni bekor qilish to‘g‘risida farmoyish berishi kerak. Kuzatuv kengashining (mavjud bo‘lganda) yoki yuqori boshqaruv organining a’zosi mikromoliya tashkiloti bilan o‘zi o‘rtasida yoki o‘ziga aloqador shaxs o‘rtasida tuzilgan yoki tuziladigan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma masalasi bo‘yicha yig‘ilishda hozir bo‘lmasligi, qabul qilinadigan qarorga ta’sir ko‘rsatishga urinmasligi kerak. Mikromoliya tashkiloti o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarning alohida reyestrini yuritishi va reyestrni Markaziy bankka uning talabiga binoan taqdim etishi shart. Download 51.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling