MKTdan qarz olganingizda kredit summasi, MKT oldidagi majburiyatlaringizning bajarilishi haqidagi ma'lumotlar kredit byurosiga taqdim etiladi. Buni hisobga olgan holda, kredit tarixingiz buzilmasligi uchun Siz o‘z majburiyatlaringizni vaqtida bajarishingiz lozim. Lombard Lombard, garovxona — garovga qoʻyilgan muayyan buyumlar evaziga maʼlum muddatga pul (mablagʻ) berib turadigan muassasa. Buyumning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra baholanadi, garovga qoʻyilgan buyum egasiga nomi yozilgan lombard tilxati beriladi. Olingan pul oʻz vaqtida qaytarilmasa, qoʻyilgan buyum lombard mulkiga aylanadi va lombard qoʻyilgan buyumlarni sotishga haqli bo'ladi. Shuningdek, lombard qimmatbaho uy-roʻzgʻor buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Lombardga buyumlar faqat mablagʻ olish uchun emas, baʼzan mazkur buyumning ishonchli saqlanishini taʼminlash uchun ham qoʻyiladi. Buyumlarni garovga qoʻyib kredit berish birinchi marta XV asrda Italiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxoʻrlar tomonidan joriy etilgan ("lombard" soʻzi ham shundan kelib chiqqan). Oʻzbekistonda ham lombardlar faoliyat koʻrsatadi. Masalan, Toshkent shahida lombardlar birlashmasi (birlashma tarkibida 3 lombard mavjud, 1966-yilda tashkil etilgan) ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun bilan belgilangan tartibda lombardlar faoliyatini lisenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
+ Olish osonligi: garov mol-mulki va bir nechta hujjatlar kerak xolos;
+ Tezligi: kredit olish jarayoni uzoq vaqt talab qilmaydi;
+ Xatar (risk) pastligi: agar qarzni to‘lash imkoni bo‘lmasa, uning so‘ndirilishi garovga qo‘yilgan mol-mulkning hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mablag‘ lombardning talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa ham;
- Foiz: Lombardlar karzlarni juda yuqori foizda berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |