Nobank moliya-kredit muassasalari Reja : Mikrokredit tashkilotining umumiy tushunchasi


Lombardda kreditni olish va qaytarish sxemasi


Download 9.6 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi9.6 Kb.
#1392880
1   2   3   4
Bog'liq
Nobank moliya-kredit muassasalari Reja Mikrokredit tashkilotin-fayllar.org

Lombardda kreditni olish va qaytarish sxemasi

Siz lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim qilasiz (agar kerak bo‘lsa, lombard garovga qo‘yiladigan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar;


Garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi;
Sizni kredit shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqishlari kerak. Agar siz ular bilan rozi bo‘lsangiz, kredit shartnomasini imzolaysiz va qo‘lingizga pul mablag‘lari va ikkita hujjatni olasiz: kredit shartnomasining o‘zi va garov kartasi (bilet)

Lombardda garov mol-mulki yo‘qotilsa yoki zarar yetkazilsa

Garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qotilgan yoki yetishmagan taqdirda, lombard, garov biletida ko‘rsatilgan baholash summasiga muvofiq uning qiymatini mol-mulkning egasiga qaytarishi shart. Garovda ushlab turilgan mol-mulkka zarar yetkazilgan hollarda, lombard, yetkazilgan shikast yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo‘yuvchi mulkdorga taraflarning kelishuvi bilan belgilangan lekin garov biletida ko‘rsatilgan mol-mulkning qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lab berishi shart.

Lizing haqida


Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish

Oʻzbekistonda birinchi L. kompaniyalari 1994 yildan boshlab tashkil etila boshladi. 2003 yilda 6 ta L. kompaniyasi ishladi. Oʻzbekiston Respublikasida L. munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apr.da kabul qilingan "Lizing toʻgrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. L. boʻyicha amaliy ishlarni olib boradigan "Oʻzbeklizing Interneyshnl" (1995), "Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing" aksiyadorlik kompaniyalari respublikadagi yirik L. kompaniyalari hisoblanadi.



Download 9.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling