Nobank moliya-kredit muassasalari


Nobank kredit tashkilotlari daromadliligi


Download 450 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi450 Kb.
#1013554
1   2
Bog'liq
Murodova Yulduzxon Murodjon qizi

Nobank kredit tashkilotlari daromadliligi.
Nobank kredit tashkilotlari tomonidan olingan jami daromadlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mlrd so‘mga (45 foizga) oshib, 411 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Xususan, jami daromadlar tarkibida foizli daromadlar 87 foiz yoki 359 mlrd so‘mni tashkil etib, foizli daromadlar ajratilgan kredit va lizinglardan olingan daromadlar (353 mlrd so‘m) hamda banklarga joylashtirilgan depozitlardan olingan daromadlar (6 mlrd so‘m) hisobiga shakllangan.
Nobank kredit tashkilotlarining jami xarajatlari 74 mlrd so‘mga (43 foizga) ko‘payib, 246 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jami xarajatlarning 42 foizi yoki 104 mlrd so‘mi foizli xarajatlar, ularning asosiy qismi (77 mlrd so‘m) banklardan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘lgan.

Mikrokredit tashkilotlarining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga ortib, ularning aktivlari hamda kapitalining rentabellik darajasi mos ravishda 8 va 16 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, lombardlar aktivlari rentabelligi darajasi 2021-yilning mos davriga nisbatan 1 foiz bandga kamayib, 16 foizni, kapital rentabellik darajasining esa 1,6 foiz bandga kamayib, qariyb 18 foizni tashkil etgan.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga ortgan bo‘lsa-da, aktivlar rentabelligi 2 barobarga kamayib, 0,4 foiz, kapitalning rentabellik darajasi esa 2,1 foiz bandga oshib, 5,3 foiz doirasida shakllangan.

Aktivlar daromadlilik darajasining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamayishi tashkilot aktivlarining yuqori sur’atlarda (4 barobarga) o‘sishi hisobiga yuz bergan.
Avvalroq Markaziy bank oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot bergan edi.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1.«Ўзбекистон Республикаси Марказий банки тўғриси»даги қонун. Т. 2018 йил
2.Ўзбекистон Республикаси «Банклар ва банк фаолияти тўғриси»даги қонун. Т. 1996 йил 25 апрел.
www.daryo.uz
Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling