Nobel mukofotiga munosib topilgan


“Choʻl boʻrisi” menga anchadan buyon haqiqiy kitob mutolaasi nimaligini qaytadan oʻrgatgan asardir.”


Download 16.42 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi16.42 Kb.
#1154871
1   2   3
Bog'liq
Herman Hesse

“Choʻl boʻrisi” menga anchadan buyon haqiqiy kitob mutolaasi nimaligini qaytadan oʻrgatgan asardir.”
Darhaqiqat, mazkur roman Hesse ijodining durdonasi hisoblanadi. Adib ushbu asar ustida 1924–1927 yillar mobaynida ishlagan va u kitob holida dastlab Fisher nashriyotida 1927 yilning yozida – yozuvchi 50 yoshga toʻl-gan chogʻida bosilib chiqqan. Asarning yaratilishi koʻp jihatdan adib oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida oʻz boshidan kechirgan ruhiy inqiroz bilan bogʻliqdir. Rut Venger xonim bilan boʻlgan nikohning barbod boʻlishi, ijo-diy ishlarning majburan toʻxtab qolishi, oʻsha davrdagi pul qadrsizlanishi va boshqa iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bogʻliq tang ahvol, shuningdek, Germaniyadagi siyosiy vaziyat – bularning barchasi yozuvchini tushkun bir holatga, boshi berk koʻchaga olib kiradi. U oʻzini chindan ham yolgʻiz, horgʻin va holdan toygan “choʻl boʻrisi” yangligʻ his eta boshlaydi.
Biroq yana shuni alohida taʼkidlash joizki,”Choʻl boʻrisi” yozib qoldirgan esdaliklar yolgʻizlanib qolgan nevrotik xastaning shunchaki “patologik yozishmalari”gina emas, balki yanada muhimroq bir narsaki, u muayyan davr hujjati,”davr xastaligi”, yaʼni “Haller mansub boʻlgan avlod chalingan nevroz kasalligi tarixi” hamdir. Hesse ana shu xastalik alomatlarini chuqur tahlil qilib, ayovsiz fosh etadi. Romanning soʻngsoʻzida shunday satrlar bor: “Men, albatta, kitobxonlarga ushbu qissamni qanday tushunishlari xususida maslahat bera olmayman va bermoqchi ham emasman. Har bir oʻquvchi undan oʻziga kerakli va foydali xulosani oʻzi chiqarib olaversin! Choʻl boʻrisi haqidagi hikoya, garchi xastalik va tanglikni tasvir etsa-da, biroq bu xastalik oʻlimga olib bormaydi, bu tanglik tanazzul emas, balki aksincha: shifo, davo, muolajadir.”
“Choʻl boʻrisi” romanida Gʻarb va Sharq gʻoyalari, Gʻarb va Sharq falsafasi, shu bilan bir qatorda insonning oʻz murakkab “men”iga boʻlgan quvnoq va vazmin munosabati, oʻz-oʻzini bilish va anglash, oʻz-oʻzini topish sari konsepsiya yorqin ifodasini topgan. Bu esa Hessening Sharqqa, Sharq falsafasi va anʼanalariga azal-azaldan ixlosi hamda hurmati sarbaland boʻlganligidan dalolatdir. “Choʻl boʻrisi” – teran mazmun va chuqur falsafiy mushohadalarga boy psixologik asar boʻlib, tili ham shunga yarasha murakkab deyish mumkin, biroq bu narsa asarning kitobxon tomonidan yengil va ravon oʻqilishiga aslo monelik qilmaydi.
“…
Download 16.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling