Nobel mukofotiga munosib topilgan
Men butun bir asrlik olmon adabiyoti bilan shu qadar batafsil tanishib chiqdimki, –
Download 16.42 Kb.
|
Herman Hesse
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Choʻl boʻrisi”ning yakuniy qismi bebaho darslikdir.”
Men butun bir asrlik olmon adabiyoti bilan shu qadar batafsil tanishib chiqdimki, – deb yozadi Hermann Hesse oʻzining “Jahon adabiyoti kutubxonasi” nomli maqolasida, – hatto mutaxassislar ham u bilan menchalik keng tanishmagan boʻlsalar kerak. Bir qismi allaqachonlar eskirib ketgan bu kitoblardan men uchun benihoya qadrdon boʻlgan jonajon ona tilim – olmon tilining muattar boʻyi ufurib turardi. Bu til ayni XVIII asrda oʻzining gullab-yashnash davriga qadam qoʻyish arafasida turgan edi. Olmon tilini men ana shu majmualardan, ana shu chang bosib yotgan romanlaru qahramonlik dostonlaridan oʻrganganman.”
Oʻzini u yoki bu millat namoyandasi deb bilgan har bir kishi uchun Hessening quyidagi fikrlari ham ibratomuzdir: “Oʻz tilini yaxshi bilmagan, uni sevib ardoqlamagan, parvarishlamagan va himoya qilmagan xalqning shoiri boʻlish uyatdir.” Chindan ham Hesse asarlaridan koʻp narsani oʻrganish mumkin. Uning tili shirali, taʼsirchan, kamalak yangligʻ turfa boʻyoqlarga, tagdor, nozik qochirimlarga, ramzlar, oʻtkir iboralarga, teran mazmun va falsafiy mushohadalarga, fantaziyalarga boy. Bundan tashqari, adibning har bir asari zimmasidagi “yuk” nihoyatda salmoqli. Yozuvchi Hermann Hessening butun hayotini ham bagʻrikenglik va sabr-qanoat bilan yashashning namunasi, deb atash mumkin. Adib butun umri mobaynida oʻz ijodiga suyanib yashadi. U asarlarida ilgari surgan butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik, hamkorlik, ahillik va hamjihatlikka erishish gʻoyalariga bugun jahondagi barcha xalqlar, el-elatlar intilib yashayotganining shohidi boʻlib turibmiz. Bu esa yozuvchi ijodining umrboqiyligiga yana bir dalildir. Shunisi qiziqki, Germaniyaning oʻzida Hesse ijodiga adabiy tanqidning munosabati aksariyat hollarda salbiy boʻlgan. Adib nomi oʻtgan asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa, 1946 yili unga Nobel mukofoti berilgandan soʻng, butun dunyoga tanildi. Harvard universitetining sobiq professori Timoti Liri shunday degan edi: “Choʻl boʻrisi”ning yakuniy qismi bebaho darslikdir.” Ulugʻ adib Hermann Hesse 1962 yil 9 avgust kuni 85 yoshida Montanola (Shveysariya)da vafot etdi. Uning qoldirgan boy maʼnaviy merosi hali koʻplab avlodlar qalbidan ham munosib oʻrin olishiga shak-shubha yoʻq. Download 16.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling