Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


Download 42.67 Kb.
bet6/15
Sana04.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1328858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
nodavlat

13-modda. Muassasa
Ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti muassasa deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 76-moddasi.
14-modda. Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z ustaviga va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan ko‘proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo‘lgan xalqaro tashkilot xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTINI TUZISh TARTIBI
15-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (a’zolari) qarori asosida qonunchilikka muvofiq tuziladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42-moddasiga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta’sis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari
Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari quyidagilardan iborat:
muassislar (a’zolar) tomonidan tasdiqlangan ustav;
qatnashchilar tomonidan tuzilgan ta’sis shartnomasi va ular tasdiqlagan ustav — uyushma (ittifoq) uchun.
Nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis hujjatlarining talablari nodavlat notijorat tashkilotining o‘zi uchun, uning muassislari va qatnashchilari (a’zolari) uchun majburiydir.
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) nodavlat notijorat tashkilotlari uyushmasini (ittifoqini) tuzish majburiyatini oladilar, uni tuzish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulkini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish, nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlarini belgilab beradilar. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga binoan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasi.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling