Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari


Download 42.67 Kb.
bet2/15
Sana04.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1328858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
nodavlat

4-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin.
Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro aloqalari
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
II. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTINING HUQUQIY MAQOMI, HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maqomi
Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari
Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
(7-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;
o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
(7-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling