Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror


Download 42.67 Kb.
bet10/15
Sana04.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1328858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
nodavlat

23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran uch kun ichida muassislarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma yoki qonunchilikning qaysi qoidalari buzilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq ko‘rsatilgan hujjat beradi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandi.
24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ma’lumotlarini yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritish
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan yagona davlat reyestriga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 23-bandi.
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ta’sis etilgan sana;
nomi va joylashgan eri;
rahbar organlari;
vakillar sifatida ish olib borishga vakolatli shaxslar;
faoliyat sohasi.
25-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar:
nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishni, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilishni, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa;
hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha to‘liq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa;
ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoki uning ta’sis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar bo‘lsa;
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilganligi aniqlangan bo‘lsa;
nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari ma’naviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuyg‘ulariga daxl qilsa;
nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ta’sis hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid qoidalar mavjud bo‘lgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 24-bandi.
Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 25-bandi.
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishi rad etish sabablari bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etishga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 27-bandi.
Nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organiga takroriy qilingan murojaatni ko‘rib chiqish va bu murojaat yuzasidan qaror chiqarish ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling