Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari


Download 42.67 Kb.
bet8/15
Sana04.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1328858
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
nodavlat

19-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari
Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramziy belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga o‘xshamasligi kerak.
Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
20-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish
Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish uning yuqori organi qaroriga binoan birlashish, qo‘shilish, bo‘linish, ajralib chiqish va o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga qarang.
IV. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh TARTIBI
21-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-avgustdagi 418-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlari akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3055, 15.08.2018-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatga olgan organ uning faoliyati ustavda belgilangan maqsadlarga hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling