Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavi


Download 42.67 Kb.
bet7/15
Sana04.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1328858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
nodavlat

17-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavi
Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
nodavlat notijorat tashkilotining nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hudud;
nodavlat notijorat tashkilotining tuzilmasi va rahbar organlari, zaruratga qarab uning nazorat-taftish organlari (ijtimoiy fondlar uchun — majburiy) yoki auditorlarni (auditorlik firmalarini) jalb etishning majburiyligi;
rahbar organlarning vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan er;
a’zolik belgilangan birlashmalar uchun — a’zo bo‘lish va a’zolikdan mahrum bo‘lish shartlari va tartibi, a’zolarning huquq va majburiyatlari;
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari;
qayta tashkil qilish va tugatish tartibi;
ustavga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida uning ramziy belgilari tavsifi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ustavda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga taalluqli, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislariga, qatnashchilariga (a’zolariga) qo‘yiladigan umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkin.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar, bolalarning nodavlat notijorat tashkilotiga esa o‘n yoshga to‘lgan shaxslar a’zo bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zolikdan mahrum bo‘lish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga ko‘ra a’zolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi.
Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga a’zolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokning ko‘rsatilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos bo‘la olmaydi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling