Fuqarolik jamiyatida jamoatchilik nazorati shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarida tenglik, barkarorlik, ijtimoiy adolat, mas'uliyat va javobgarlik prinsiplari qaror topishi uchun xizmat qiladigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlanishini, balki davlat organlari faoliyatida kam ularning ustuvor bo’lishini ta'minlaydi. U so’ng bo’lgan joyda turli suiste'molchiliklar, korrupsiya uchun sharoit yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining 1- Prezidenti I.Karimov jamoatchilik nazoratining mohiyati haqida shunday degan edi: "Agar biz jamoat tashkilotlarining kuchini birlashtirib, davlat idoralari, qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimiyati ustidan jamoat nazoratini o’rnata olmas ekanmiz, yuqorida tilga olingan illatlar olga yurishimizga xalaqit beraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |