Jamoatchilik nazorati jamiyatda ijtimoiy adolat barqaror bo’lishi uchun shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida murosasozlik, tenglik, mas'uliyat va javobgarlik bo’lishi uchun xizmat qiladigan omildir. U insonning xuquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlanishi, balki davlat organlari faoliyatida ularning ustuvor bo’lishini ta'minlaydi. Jamoatchilik nazorati - fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolar tomonidan davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyatida qonunlarga rioya etish, o’z vazifalarini omilkorona va yuksak mas'uliyat bilan amalga oshiriladigan tashkiliy-xuquqiy choralar tizimidir. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy xokimiyat tom ma'noda xalq qo’lida bo’lishining ko’rsatkichi xisoblanadi. Uning asl moxiyati xam aynan shundan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |