Dunyo davlatlari tajribasida xam jamoatchilik nazorati amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.Chunki, davlat organlari ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi fuqarolik jamiyatining eng birinchi shartidir. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish deganda davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunlarga rioya qilish, o’z majburiyatlarini omilkorona ijro etishi faoliyati ustidan fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan kuzatuv va boshqa tashkiliy-xukukiy choralar tizimini amalga oshirish tushuniladi. Fuqarolik jamiyatida kishilarning faolligi, ijtimoiy xodisalarga befarq bo’lmasligi, davlat organlarida ishlayotgan har bir rahbar xodimning o’z faoliyatining jamoatchilik nazorati ostida ekanini chuqur his etishi jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega. O’zbekistob Respublikasining 1-Prezident I.Karimov iborasi bilan aytganda, har qanday jamiyatda ham demokratiya qay darajada bo’lishini belgilovchi mezonlar "... bu - xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardorligi, xukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi" dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |