Nodirabegim hayot timsolida
Download 33.42 Kb.
|
Nodirabegim hayot timsolida
Nodirabegim hayot timsolida Nodirabegim zamonasining yuksak e’tirofli, donishmand, aqilli so’zlari o’tkir shoira sifatida o’z o’rniga ega ziyoli shoirasi bo’lgan. Nodirabegimning asl ismi Mohlaroyim bo’lib. U o’z g’azallarida Komila, Maknuna, Nodira taxalluslari bilan ijod qilgan shoiradir. Uning g’azallarida o’zgacha ohang, nido, hijron kunlari kuylangan. Garchi u ziyoli oiladan bo’lgan bo’lsa ham juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan mardanovor ayol edi. Shu bilan birga istedodli shoira xam bo’lgan. G’azallarini o’qib ko’rsangiz unda ta’svirlangan yorga vafolik, hayo-ifo, sadoqat, mehr va muhabbat o’zgacha ruh bilan e’tirof etilgani beixtiyor sizni o’ziga tortadi. O’qiganiz sayin g’azallarning ma’nosi yana va yana yangi ma’nolarni aks etirayvergani sabab qayta-qayta o’qiganiz bilan dilga hush yoqayveradi.. Moxlaroyim g’azallaridagi kuy, ohang , nido, misralarning bir biriga o’xshamaganligi hali hanuz barchani o’z hayratiga solib kelmoqda. Ayniqsa o’z yoriga bo’lgan sadoqati, mehr muhabbati satrlarida yorqin guvohdir. Suyukli yoridan erta ayrilgan Mohlaroyimning qalb o’tinchlari, hijron kunlari uning g’azallana arida aks etgan. Shoira mohir so’z mo’yqalam sohibasi bo’lishiga qaramay, ajoyib ovoz sohibasi hamda musiqa kuychisi bo’lgan . Mohlaroyim o’z g’azallarini mushoira davralarida kuylar ekan undan o’zgacha sado ohang jo’sh urar edi. Suyukli yoridan ayrilgan damda hijron bilan yozilgan g’azal, baytlari huddi to’fonning olam bilan qo’zg’alishiga o’xshar edi. Yurak ezilar, xuddi atrofda hech kim yo’q. Dardini aytguvchi suygan tog’i chilparchin bo’lgan Nodirabegim o’z armonini shu ikki varaq, bir mo’yqalam hamda shu ikki misra g’azalgan topar edi. Matonatda tengsiz, sabr toqatli, hayot qiyinchiliklariga bardosh bilan yengib kelayotgan Nodirabegim xalq g’amini o’ylovchi, adolatli ayol ham bo’lgan, uning bugungi kunda bizgacha yetib kelgan ijodlari butun jahon axlini o’zgacha hayrat bilan lol qoldirib kelmoqda. Bu ulug’ shoiraning bir misrasida hayot aksi mujassamdir. Nodirabegimning asarlari nafaqat tarixda balki bugungi kunda ham qadrlanib kelmoqda. Mustaqillikka etishganimizdan so’ng bunday tarixiy asarlar qadimiy meros sifatida qadrlanib, saqlanib kelinmoqda. Zero tarixsiz kelajak yo’q deyishgan dono xalqimiz. Nodirabegimdek buyuk ajdodlarimiz bor ekan biz ulardan doimo faxranib yashaymiz. Download 33.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling