Noelektrolit eritmali. Raul qonuni. Osmotik bosim, Krioskopiya va eblioskopiya


Eritmaning muzlash va qaynash temperaturasi


Download 19.63 Kb.
bet2/2
Sana18.01.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1098412
1   2
Bog'liq
noelektrolit eritmali. raul qonuni (1)

Eritmaning muzlash va qaynash temperaturasi.
Eritmaning qaynash va muzlash temperaturalari ham oddiy toza erituvchi yoki oddiy moddanikidan farq qiladi. Ma`lumki har qanday suyuq modda ma`lum temperaturada qaynaydi. Y`ani uning ichki bosimi tashqi muhit bosimga teng bo`lganda u gazsimon holatga o`tadi. Xuddi shu singari suv 1000Cda (P=101,3 kPa) qaynaydi. 00C da suyuq holatdan qattiq holatga o`tadi—muzlaydi.
Suvda moddalar eriganda hosil bo`lgan eritmaning qaynash va muzlash temperaturasi o`zgaradi.Eritmalarda turli tarkibli gidratlar ,sol`vatlar hosil bo`ladi.
Eritma qaynay boshlagan (yoki muzlay boshlagan) temperatura eritmaning qaynash ( muzlash) temperaturasi deyiladi. Va t(qay) ertma yoki t(muz.) ertma holida belgilanadi.
Eritma qaynash temperaturasi ( t(qay) ertma ) bilan toza erituvchining qaynash tempetaturasi (t(qay) erituvchi ) o`rtasida farq.Δ tqayn=t(qay) ertma - t(qay) erituvhi eritma qaynash tempetaturasining ortishi deyiladi.
Erituvchi muzlash tempetaturasi bilan eritma muzlash tempetaturasi (t(muz) ertma ) o`rtasidagi farq
Δt(muz.) = (t(muz) ertma )- (t(muz) erituvchi. ) eritma muzlash tempetaturasining pasayishi deyiladi.
Eritmalarni qaynash va muzlash hossalarini ham Raul O`rgangan.Raulkning krioskopik(muzlash,qotish) va ebulioskopik( qaynash) qonunlariga ko`ra :
a) eritma muzlash tempetaturasini pasayishi eritmada erigan modda miqdoriga to`g`ri proporsipnal.

b) eritma qaynash tempetaturasining ortishi eritmada erigan modda miqdoriga to`g`ri proporsional.

Bu formulalarda m- erigan moddaning massasi. , b- erituvchining massasi. M- erigan moddaning molyar massasi. g/ mol.
E- erituvchining ebulioskopik doimiysi bo`lib, 1000 gr erituvchida 1 mol modda eriganda erituvchi qaynash tempetaturasi nech gradusga ortishini ko`rsatadi. Uning qiymati erituvchining tabiatiga bog`liq.
K- erituvchining krioskopik doimiysi bo`lib, 1000 gr erituvchida 1 mol modda eriganda erituvchi muzlash tempetaturasi necha gradusga ortishini ko`rsatadi. Uning qiymati erituvchining tabiatiga bog`liq.
Qo`yuda turli erituvchilar uchun E va K ning qiymatlari keltirilgan.

Erituvchi

K, 0C

E, 0C

Suv

1,86

0.52

Benzol

5,12

2,64

Sirka kislota

3,90

3,1

Kop`chilik hollarda yuqoridagi qoniniyatlardan foydalanib, krioskopik va ebulioskopik usullarda moddalarning molekulyar og`irliklari tajribada aniqlandi.
Ba`zi hollarda nazariy hisoblash asosida amalda past tempetaturada muzlovchi aralashmalar osil qilinadi. Shu yul bilan suvda ma`lum miqdordagi NaC l eritilib, 210C gacha muzlamaydigan aralashma hosil qilinadi.
Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling