Ota-onalarning bolani davolash istagi yoqligi boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin: - Davolash ko'p vaqt talab etadi davomiylik bir necha yil davomida yiliga 1-2 marta takrorlanishi kerak.
- Davolash zararli, chunki bola kuchli dori-darmonlarni qabul qilishi kerak.
- Davolash darhol ota-onalar kutgan natijalarni keltirmaydi.
- Ko'pgina ota-onalar bolaning fiziologik holati va uning ta'limdagi muvaffaqiyati o'rtasidagi aloqani anglamaydilar.
- Ba'zan ota-onalar, agar bola bilan uzoq vaqt ishlansa, muvaffaqiyatga erishish mumkin deb o`ylaydi. Ota-onalar bolani uzoq vaqt davomida uyda mashq qildirishadi, bu esa bolaga ortiqcha yuk bo`lib uni charchatadi.
Ota-onalar bolaga nisbatan munosabati va uning muammolari bilan farq qiladigan uchta guruh: - Ota-onalar bolaning muammolarini to`gri tushunib hal etishga urinadigan oilalar.
- Bolaning muammolarini qanday hal etishni bilmay qiynalayotgan oilalar.
- Bolaning o'ziga va uning muammolariga salbiy munosabatda bo'lgan oilalar; ushbu muammolarni boshqa zimmasiga yuklashga urinayotgan oilalar.
Oila yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishi zarur
PEDAGOG-
PSIXOLOG
O‘QITUVCHI-
LOGOPED
NOGIRONLIGI BO‘LGAN
BOLANI TARBIYA
QILAYOTGAN OILA
SHIFOKOR
O‘QITUVCHI-
DEFEKTOLOG
- Nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlari bilan bog‘liq huquqiy bilim asoslarini o‘zlashtirishi;
- Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ota-onalari jamoat birlashmalari va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi;
- Ota-onalar bolaning rivojlanish xususiyatlarini bilishlari, o‘z-o‘zini hurmat qilishga, nuqsonga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga, kuchli irodali fazilatlarini shakllantirishi, bolaning hayotiga o‘yin faoliyatini kiritishlari kerak;
- Farzandlari bolalar muassasasiga qatnaganida ham ota-onalar u bilan ishlashni davom ettirishlari kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |