Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. Nogiron bolalar va o’smirlarni tarbiyalayotgan oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari. Reja
- Tayanch tushunchalar
Nazorat savollari:
Nogironlikni himoya qilishning halqaro tasnifi? Italiyada nogironlikni himoya qilish tizimi? Nogironlikni himoya qilishning halqaro tasnifi? Nogironlarni ish bilan ta’minlashning Fransiya modeli? 7-mavzu. Nogiron bolalar va o’smirlarni tarbiyalayotgan oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari. Reja: 1.Nogironlikka ega bo’lgan bolalar va o’smirlarni tarbiyalayotgan oilalarning xususiyatlari. 2.Mazkur oilalar bilan ishlashda ijtimoiy hodimning tutgan o’rni. 3.Nogiron bolalar va o’smirlarni tarbiyalayotgan oilalarning muammolari (qiyosiy tahlil). 4.Ota-onalar klublari va ularning xususiyatlari Tayanch tushunchalar: ijtimoiy texnologiya, nogiron bolalar, qiyosiy tahlil, reabilitatsiya, oilaviy terapiya, ijtimoiy reabilitatsiya Nogironlik – e’tibor qaratilishi va yoritilishi kerak bo’lgan muhim mavzular sirasiga kiradi. Imkoniyati cheklangan kishilar har doim bo’lishgan. Ammo axboriy jamiyat rivojlanib borishi bilan odamlarning nogironlik muammosiga qiziqishi ortdi: bosh qahramoni nogiron kishi bo’lgan kitob yoki maqolani o’qishingiz, filmni tomosha qilishingiz bilan u muhokamalar mavzusiga aylanadi. Nogironlik mavzusi har doim hayajonga solib kelgan hamda aksariyat hollarda OAV va kino nogironning ijobiy yoki salbiy timsoli shakllanishida muhim o’rin tutadi. Inson shunday yaralganki, u biror narsa haqida ko’p gapirilgandagina unga e’tibor qaratadi. Ommabop kitoblar, filmlar, teleko’rsatuvlar, gazeta va jurnallarda nogironlik masalalarining yoritilishi bu mavzu jamoatchilikning doimiy diqqat markazida bo’lishini ta’minlaydi. Nogironlik muammosi chuqur tahlil qilingan boshqa bir misolga murojaat etaylik. Asarning bosh qahramoni Lu Klark kichkinagina shaharchada bir xil va zerikarli hayot kechiradi, ammo ishsiz qolgach, u hayotini o’zgartirishga qaror qiladi. U hayoti o’zinikidan farqli ravishda har doim yorqin taassurotlarga va sarguzashtlarga boy bo’lgan, ammo yaqinda baxtsiz hodisa tufayli to’shakka mixlanib qolgan Uill Treynorga qarash uchun yollanadi. Lu va Uill o’rtasida ajib hislar uyg’onadi va ular bir birlariga bog’lanib qolishadi. Lu Uillning vaqtini chog’ etishni istaydi, ammo yigit o’zining halokatdan oldingi jo’shqin hayotini unuta olmayotgani bois bu oson kechmaydi. Bu asarda hozirgi to’shakka mixlanib qolgan hayotini avvalgi taassurotlarga boy hayoti bilan solishtirib, bunga chiday olmayotgan insonning kechinmalari tasvirlangan. Lu va Uill o’rtasida uchqun olgan muhabbat ularning har ikkovini ham o’zgartirib yuboradi. Yigit yana hayotdan quvonib yashashni, hazil-huzul qilishni o’rganadi, qiz esa borligingga, sog’lig’ingga shukur qilib, olg’a intilib yashash kerakligini anglab etadi. Bu asar o’quvchini to’lqinlantirib yuborishi tabiiy. Uni o’qigach, nogironlarga boshqacha nazar bilan qaray boshlaysan, ularni tushunishga harakat qilasan. Uillning Luga yozgan xatidagi agar imkoning bo’lsa, hayotda to’lib-toshib yashash kerakligi haqidagi so’zlari o’yga toldiradi. Mazkur asar asosida shu nomdagi film ham suratga olingan va u 2016 yilda katta ekranlarga chiqqan. Reabilitatsiya markazlari o’zlarining asosiy vazifasi nogiron bolalarni ijtimoiylashuv jarayoniga moslashtirish, ularning ota-onalari farovonligini ta’minlash, nogiron bolalar o’rtasida munosib munosabatni shakllantirish va bu bolalarning zamonaviy jamiyatga qo’shilishidir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling