Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Bolalarda ko`rish qobiliyatining buzilishi turli sabablar orqali kelib chiqadi. Birinchidan, ona homilasining yaxshi tarbiyalanmaganligi bo`lsa, ikkinchidan bugungi kunimizda juda katta dolzarb muammo bo`lib hisoblangan narkomaniya, chekish, spirtli ichimliklarning ko`p iste`mol qilinishidir. Uchinchidan, bolaning kichikligida har xil yuqumli kasalliklar bilan og`rish. Masalan, traxoma, chechak, so`zak, ko`z tuberkulyoz bilan kasalllanish orqali qizamiq, skarlatina va boshqa shu singari bolalarga xos yuqumli kasalliklar orqasidan ko`r bo`lib qolish mumkin. Bolada ko`rishning zaiflanishi turli darajada namoyon bo`ladi. Ba`zi bolalar, ayniqsa ko`rish organining o`zgarishi tug`ma bo`lgan bolalar tamomila ko`r bo`lib qoladi. Yoki ularning ko`rish qobiliyati shu qadar kamayadiki, bunday bolalar faqat ko`rlar maktabidagina sezgi zamirida – Brayl sistemasi asosida o`qish mumkin (ko`rish qobiliyati keskin kamaygan bolalar qatoriga faqat yorug`likni sezadigan yoki barmoqlarni yuziga yaqin keltirib ko`rsatilgandagina sanay oladigan yoki ko`rish qobiliyati 0,05 gacha bo`lgan bolalar kiradi). Bunday bolalar, odatda ommaviy maktabga olinmaydilar. Ko`rlar maktabiga ko`zi zaif bolalar ayrim hollardagina yuboriladi, bunday bolalarda ko`z kasalligi og`irlashib borayotgan bo`ladi va ularni ko`rish qobiliyatining qolgan qismini saqlab qolish maqsadida Brayl sistemasi asosida o`qitish foydalidir.
Ko`rlar guruhiga nisbatan ko`proq qismini tashkil qiladigan ikkinchi guruh – ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalardir. Bunday bolalarda yaxshiroq ko`radigan ko`zining markaziy ko`rish o`tkirligi ko`zoynak taqqanida 0,05 dan 0,4 gacha bo`ladi. Ko`zi ancha durust ko`radigan, ammo ko`rish funksiyasida boshqa buzulishlar bo`lgan, masalan, ko`rish maydonining chegarasi tor bo`lgan bolalar ham ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalar qatoriga kiritilishi mumkin. Ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalar uchun maxsus maktablar ochilgan bo`lib, u еrdagi o`quv ishlari ko`rish asosida olib boriladi, ammo turli texnika va optik kattalashtiruvchi vositalardan, yirikroq harflar bilan bosib chiqarilgan darsliklardan, maxsus yoritkichlardan va hokazolardan foydalaniladi. Ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalar maktablaridagi o`quvchilar tarkibini o`rganish shuni ko`rsatdiki, ularning ko`pchiligi bu maktablarga ommaviy maktabda bir necha yil muvaffaqiyatsiz ravishda o`qiganlaridan keyin keladilar. Bu bolalar ommaviy maktabda o`qiganlarida qanday qiyinchiliklar tortadilar? Idrok etishning noaniqligi, sustligi va torligi, predmetlarni, ularning formalarini, xarakterli tashqi belgilarini bilib olishda qiyinchiliklarga olib keladi. Bolalar satrlarni ko`rmaydilar, bir-biriga o`xshash harflarni farq qila olmaydilar, bu esa o`qish texnikasini egallashga, o`qilgan matn mazmunini tushunishga xalaqit beradi, raqamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik oqibatida hisoblashni va arifmetika masallarini hal etishni qiyinlashtiradi. Ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalar oddiy maktab sharoitida doskaga yozilgan so`zlarni, jadvallardagi tasvirlarni va shu singarilarni ko`rmaydilar. Ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalar ko`rish bilan bog`liq ishni qilayotganlaridan tezda charchab qoladilar, bu esa ularning ish qobiliyatini kamaytiradi. Pedagogning vazifasi – ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolani o`z vaqtida bilib olib, uni ko`zi yaxshi ko`rmaydiganlar maktabiga yoki ko`rlar maktabi huzuridagi ko`zi zaiflar sinfiga yuborish masalasini hal etmoq uchun oftalmolog – mutaxasis huzuriga yuborishdir. Shuni nazarda tutish kerakki, bolalardagi ko`rish qobiliyatining zaifligini aniqlash hamma vaqt ham oson bo`lavermaydi, chunki bolaning o`zi, ba`zan esa uning ota-onasi, ko`pincha bu kamchilikni yashirishga harakat qiladilar. Oddiy maktab rejimi sharoitida ko`zga zo`r berish qanday oqibatlarga olib kelishini o`ylamaydilar, (chunki bolaning o`zi, ba`zan esa uning ota-onasi, ko`pincha, bu kamchilikni yashirishga harakat qiladilar) ko`zi yaxshi ko`rmaydigan bolalarni o`z vaqtida aniqlamaslik, ularning ulgurmasligiga so`ngra esa tarbiyadagi tartibsizliklarga olib kelibgina qolmay, balki busiz ham ko`zdagi nuqsonning yanada og`irlashtirib yuborilishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, ommaviy maktab uchun oddiy bo`lgan ko`pgina mashg`ulotlar, masalan, egilish, qattiq sakrash, fizkultura darsida og`irliklarni ko`tarish bunday bolaga zarar еtkazishi mumkin. Ko`zidagi nuqsonni ko`rlar yoki ko`zi yaxshi ko`rmaydiganlar uchun ochilgan maktablarda o`qitishning maxsus tashkil etilgan sharoitlarini talab qiladigan bolalarning ana shu xildagilaridan tashqari, ommaviy maktabda ko`zidagi nuqsoni maxsus maktabga o`tkazishni talab qilmaydigan darajada bo`lgan bolalar ham bo`ladi. Bular – refraksiyasi normal bo`lmagan bolalardir. Bunday hollarda kasallikning barvaqtroq aniqlanishi ko`zning ko`rish qobiliyatini ko`proq saqlab qoladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling