Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti


Nogironlarni ish bilan ta’minlash


Download 1.03 Mb.
bet49/74
Sana14.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1005116
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Bog'liq
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti

Nogironlarni ish bilan ta’minlash
Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi.
Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlarni ish bilan ta’minlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoitlari o‘z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Nogironligi bo‘ lgan shaxslarni ishga joylashtirish va bandligini ta’ minlash
Nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish va bandligini ta‟minlash, shuningdek, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida davlat quyidagi chora-tadbirlarni ko’radi:
 nogironligi bo’lgan shaxslarni kasbga yo’naltirishga, kasbga o’qitishga, ishga joylashtirishga, mehnatiga ko’maklashishga, shuningdek, maqbul ishni olish, saqlab qolish va xizmatlar ko’rsatilishini ta‟minlashga yo’naltirilgan kompleks choratadbirlarni o’z ichiga oluvchi nogironligi bo’lgan shaxslarni kasbiy reabilitatsiya qilish;
 tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat‟i nazar tashkilotlarda nogironligi bo’lgan
shaxslarni ishga qabul qilishga kvotalar belgilash;
 nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun maqbul bo’lgan kasblar bo’yicha ish o’rinlarini zaxiraga qo’yish;
 tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat‟i nazar tashkilotlarni nogironligi bo’lgan
shaxslarni ishga joylashtirishga hamda maxsus ish joylari yaratishga rag’batlantirish;
 nogironligi bo’lgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni rag’batlantirish; ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
 nogironligi bo’lgan shaxslarni yangi kasblarga o’qitish dasturlarini tashkil etish va takomillashtirish;
 davlat sektorida nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirishni va
 nogironligi bo’lgan shaxslar mehnatidan foydalanadigan, korxonalar va
tashkilotlarni, shu jumladan, ularning uyda ishlashini davlat tomonidan qo’llab quvatlash.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling