4-bob. Nogironlarning ta’limi va ularni kasbga tayyorlash
15-modda. Nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish shakllari
Nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish: ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan shakllarda, eksternat, masofadan o‘qitish, davlat ta’lim standartlari asosida oiladagi ta’lim va mustaqil ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.
16-modda. Nogiron bolalarning maktabgacha ta’limi
Nogiron bolalarning maktabgacha ta’limi maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Agar nogiron bolalarning sog‘lig‘i maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lishi imkoniyatini istisno etsa, nogiron bolalarning maktabgacha ta’limi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, shu jumladan internat-uylarda amalga oshiriladi.
17-modda. Nogironlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi
Nogironlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi barcha ta’lim muassasalarida, zarur bo‘lgan hollarda esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya qilish muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Nazorat savollari:
Inklyuziv ta’limning paydo bo’lish tarixi?
Inklyuzim ta’limda psixologik maslahat?
Inklyuziv ta’limdagi mavjud to’siqlar?
O’quv xonalarini inklyuziv ta’limga moslashtirish?
10-mavzu. Nogiron insonlarning bandligini ta’minlash borasidagi ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari.
Reja:
1.Nogiron insonlarni mehnatga yo’nalitirish masalalari (jahon tajribasi).
2.Ijtimoiy tadbirkorlik va uning xususiyatlari.
3. Inklyuziv biznesning rivojlanishi bandlik muammolarini xal etish vositasi sifatida.
4. Nogironlarni ish bilan ta’minlashda eksklyuziv yondashuv. Pozitiv diskriminatsiya va uning xususiyatlari. Nogironlarni mehnatiga ta’labni oshirish mexanizmlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |