Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-mavzu. Aqli zaif insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari. Reja
- Tayanch tushunchalar
Nazorat savollari:
Harakatida nuqsoni bor shaxslarga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohalari? O’zbekistonda harakatida nuqsoni bor insonlarga ko’rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar? Ijtimoiy xizmatlarning halqaro tasnifi? Yaratilayotgan sharoitlarning gumanistik tamoyillari? 14-mavzu. Aqli zaif insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishning texnologiyalari. Reja: 1. Aqli zaif tushunchasi va ularning turlari. 2. Aqli zaif nogironlar va ularning turlari. 3. Aqli zaif insonlarning ijtimoiylashuv muammolari. 4. Aqli zaif insonlar bilan ijtimoiy ishning jahon tajribasi. Tayanch tushunchalar: debil, idiyot, imbetsil, ijtimoiylashuv, intellektual zaiflik, streotip, rigidlik, deinstitutsionallashuv. “Inson yuqori darajadagi uz-uzini boshkaruvchi, yordam beruvchi, tiklovchi, tugrilovchi va xatto takomillashtirib boruvchi bir murakkab sistemadir”, - degan edi I.P.Pavlov. Xa, bu xulosalarda juda katta xakikat borligi bugungi kunda xech kimga sir emas. Aqli zaiflik tushunchasini tugri tushunishning amaliy va nazariy axamiyati juda katta. Nazariy axamiyati – bolalardagi nuksonli ruhiy taraqqiyotning moxiyatini chukurrok bilish uchun zarur. Fanning noanikligi, konkret emasligi ko’p xollarda turli xatoliklarga olib keladi. Shu sababli, akli zaiflikni tulik, tugri tushunish kerak. Bu narsa utkazilayotgan ilmiy-tajriba ishlarining xam notugri yulga tushib kolishiga sabab bulishi mumkin. “Aqli zaif”likka tugri ta’rif, tushuncha berish, uning sabablarini tugri tushunishga yordam beradi. Buning amaliy axamiyati yanada kattadir. Aqli zaif bolalar uchun maxsus ukuv-tarbiya muassasalari mavjud. Barcha akli zaif bolalar yordamchi maktablarda ta’lim olishlari kerak. Aqli zaif bolalarni tugri aniklash, ularning butun xayotini belgilab berishini inobatga olib, juda extiyotkorlik bilan ishlash kerak. Aqli zaiflikni tugri aniklash atroflicha amalga oshiriladi. Agar bola akli zaif bulmay, ma’lum xususiyatlari bilan ularga uxshasa xam ularni akli zaif deya olmaymiz. Bu erda bolaning turli analizatorlarining nuksonlari asosida xam bilim saviyalari pasaygan bulishi mumkin. Ayniksa, akliy normal borlani yanglishib akli zaif deb xulosalash asosida ota-onalarga, bolaga, atrofdagi karindoshlariga juda katta ma’naviy jaroxat etkazishimiz mumkin. Shuni xam e’tiborga olish kerakki, akli zaiflarni ukitish-tarbiyalash davlatga birmuncha kimmatga tushadi. Normal bolaning akli zaif yoki aksincha bulishi xam kator salbiy okibatlarga olib keladi. Aqli zaiflik sabablari turli-tuman bulishi mumkin. Bosh miyaning turli kasalliklar bilan kasallanishi, turli jaroxatlar bilan birga miyaning yaxshi rivolanmasligi asosida xam akli zaiflik kelib chikishi mumkin. Aqli zaif bulish uchun 2 ta omil birga kelishi kerak. Bulardan biri – markaziy asab tizimining organik buzilishi, xamda shuning okibatida bola bilish faoliyatining turgun pasayishi yuz bergan bulsagina akli zaif deb e’tirof etish mumkin. Xayotda akli zaiflarga uxshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, ularda bilish darajasi past bulsa-da, bosh miyada organik jaroxatning yukligi bolaga akli zaif deyishimizga imkon bermaydi. Maktabgacha yoshda shizofreniya, tutkanok, entsefalitlar bilan bosh miyasi zararlangan barcha bolalar akli zaif bulmasligi mumkin. Shuni aytish kerakki, malakasiz xodimlar akli zaiflarni oligofrenlar deb, yoki aksincha nomlab yuradildar. Ularning tasavvurlaricha, bu tushunchalar bir xilday axamiyatga ega. Ammo, bu bolalar bir-birlaridan fark kiladilar. Oligofreniya deganda xomilaning ona kornida, tugilishda yoki ilk chakaloklik yoshida bosh miyasining zararlanishi okibatida kelib chikadigan akli zaiflik tushuniladi. Turli sabablar, kasalliklar natijasida umumiy, jismoniy xamda akliy tomondan tarakkiyotda orkada kolish mumkin. Bunday bolalarni infantil yoki ruhiy rivojlanishi sustlashgan (rrs) bolalar deyiladi. Bu toifa bolalar xam akli zaif bolalarga kirmaydilar. 1925-1930 yillarda akli zaiflikni taqlin kilishda kator xatoliklar yuzaga keldi. Bularga misol kilib pedologiya okimi tarafdorlarini kursatish mumkin. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalar xakidagi kator fanlar: pedagogika, psixologiya, fiziologiya, anatomiya, maktab gigienasi kabi fanlarni sintez kilishib, yangi fan yaratishdir. Ularning fikricha, xotira, dikkat, tafakkur xamda shaxsiy xususiyatlar tugma mazmun kasb etar ekan. Pedologlar akli zaiflikning moxiyatini tushuntirar ekan, bu aklning kamligi xisoblanib, ota-onadan bolaga meros bulib utar ekan. Bunday noilmiy yunalish tarafdorlari 1936 yilgi maxsus karor orkali tugatildi. Ruxiy rivojlanishning susayishi xakidagi ma’lumotlar asosan XX asrning ikkinchi yarmidan keyin kuzga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga karaganda ruhiy rivojlanishning susayishii vaktinchalik xolat deb tasavvur kilingan. Bu xolatni chukurrok urganilgan sari, ruhiy rivojlanishning susayishi aksariyat xollarda vaktinchalik xolat emas, baqli turgun mazmun kasb etar ekan. Ruxiy rivojlanishning susayish turlari kuyidagilardan iborat: Ruxiy rivojlanish susayishining konstitutsion turi; Ruxiy rivojlanish susayishining somatogen turi; Ruxiy rivojlanish susayishining psixogen turi; Ruxiy rivojlanish susayishining organik tserebral turi. Bu muammoning atroflicha urganilishiga Vlasova T.A., Pevzner M.S., Lubovskiy V.I., Lebedinskaya K.S., Shoumarov G.B., Mamedov K.K. va boshkalar samarali xissa kushdilar. Oligofrenopsixologiyada akli zaiflikning uch darajasi xakida bilimlar beriladi. Aqli zaiflikning engil darajasi – debillik deb yuritiladi. Urtacha darajadagi akli zaiflikni esa – imbetsillik deb nomlanadi. Aqli zaiflikning ogir darajasini – idiotlik deb yuritiladi. Kiskacha bularning xar biri xakida tuxtalib utamiz. Debil bolalar akli zaiflikning eng engil darajasi bulib, yordamchi maktabning 8 yillik dastur materiallarini muvaffakiyatli egallaydilar. Bu bolalar yordamchi maktabni bitirish bilan birga ma’lum kasb, mutaxassislik xam egallaydilar. Imbetsil bolalar ommaviy tarzda ta’limga jalb etilmaydi. Bu toifa bolalarning ayrimlari yordamchi maktab koshlarida tashkil etilgan imbetsil bolalar sinflarida tajriba tarzida ukitiladi. Bu bolalarning bilim olish darajalari birmuncha cheklanganligi sababli, ularning barchasi ukiy olmaydilar. Bu darajadagi akli zaif bolalar mustakil xayot kechira olmaydilar. Aqli zaiflikning ogir darajasi idiotlik deb yuritilib, ular umuman ta’limga jalb etilmaydi. Bu toifa akli zaif bolalar ijtimoiy-ta’minot muassasalarida saklanadilar. Shu muassasalarda bunday bolalar tarbiyalanadilar, davolanadilar. Bu bolalarda nutk deyarli rivojlanmagan. Uz-uzlariga xizmat kilish malakalari deyarli shakllanmagan. Bu bolalarning xarakat tizimlari xam buzilganligi okibatida ularning yurish-turishlari xam uziga xos kurinish kasb etadi. Bu bolalardagi barcha salbiy xislatlarga karamasdan, ularda xam ma’lum darajadagi elementar kunikma, malaka, odatlar tarbiyalash mumkin. 1950 yillardan keyin I.P.Pavlov ta’limotini chukurrok, ijodiy urganish asosida akli zaiflikni tor tushunishga chek kuyildi. Bu ta’limot asosida “ximoyalovchi-saklovchi” jarayonning moxiyati ochib berildi. Ruxiyatning reflektor nazariyasi markaziy asab tizimining kasallanishi natijasida ish kilish kobiliyatining buzilishini oydinlashtirib berdi. Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatlarining xususiyatlari borasida A.R.Luriya, M.S.Pevzner tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlar juda katta nazariy axamiyatga ega buladi. 1962 yildagi Xalkaro kengash oliy asab faoliyati fiziologiyasining filosofik masalalarini tugri taxlil kilishga yordam berdi. Mashxur psixolog, oligofrenopsixologiyaning asoschisi L.S.Vigotskiy ta’limoti juda katta nazariy, amaliy axamiyat kasb etdi. Xozirgi kunda L.S.Vigotskiy ta’limoti yanada dolzarblashib bormokda. Turli etmologik omillar asosida kelib chikadigan akli zaiflarni differentsirlashgan xolda ta’limga jalb etish ishlari ishlab chikilmokda. Kator ilmiy-tajriba kuzatishlarining kursatishicha, akli zaif va normal bolalar tarakkiyoti yagona, umumiy rivojlanish konuniyatlari asosida amalga oshar ekan. Normal rivojlanish barcha boskichlarida dinamik tarzda amalga oshsa, akli zaif bolalar rivojida birmuncha chetga chikish kuzga tashlanar ekan. Aqli zaif bolalar rivojlanishi bosh miya nuksoni asosida kechar ekan. Demak, akli zaif bolalar markaziy asab tizimining turli tomonlari, ruhiy jarayonlar adinamik tarzda rivojlanadi. Bu borada L.S.Vigotskiyning “birlamchi” va “ikkilamchi” nuksonlar nazariyasi, “erishilgan” va “yakin vaktlarda rivojlanishi mumkin bulgan daraja” xakidagi ilmiy ishlari nixoyatda katta axamiyat kasb etadi. Birlamchi nuksonlar deganda bosh miyaning turli salbiy ta’sirotlar okibatida organik buzilishini tushunamiz. Bunday salbiy ta’sirotlarga turli jaroxatlar, urilishlar, kasalliklar kiradi. Bularning barchasi bosh miyani u yoki bu darajada zararlaydi. Yukoridagi birlamchi nuksonlar ta’siri ostida ikkilamchi nuksonlar yuzaga keladi. Bunday nuksonlarni ikkilamchi xosilalar xam deb yuritiladi. Ikkilamchi nuksonlarning mazmuni, asosan birlamchi nuksonlarning chukurligiga, darajasiga, yuz bergan vaktiga ko’p jixatdan boglik. Ikkilamchi nuksonlar bevosita akli zaif bola shaxsidagi turli uzgarishlardir. “Erishilgan” (aktual) tarakkiyot zonasi deganda tekshirilayotgan vaktdagi bolaning tarakkiyot darajasi tushuniladi. “Yakin vaktlarda rivojlanishi mumkin bulgan zona” esa, ma’lum ta’lim- tarbiya, tarakkiyot boskichlaridan keyingi rivojlanish darajasini tushunamiz. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, ta’lim-tarbiya tarakkiyotdan oldinda boradi. Tarakkiyot, rivojlanish esa ta’ldim-tarbiyadan keyin boradi. Shu sababli ta’lim-tarbiyani bolaning “erishilgan”, tarakkiyot darajasiga asoslanib emas, baqli bolaning yakin vaktlarda rivojlanishi mumkin bulgan darajaga” asoslanib tashkil kilish lozim. Ma’lumki, akli zaif bola tafakkurining rivojlanmasligi asosida bosh miya pustlok ostki kismlar faoliyatining buzilishi yotadi. Pedaloglar fikricha, akli zaif bola tarakkiyoti davomida nazariy bilimlarni egallab boradi. Ammo bolaning akliy koeffitsienti (IQ) uzgarmaydi degan fikrni yoklab chikkanlar. Ruxiyatning rivoji ogir darajadagi akli zaiflarda xam davom etadi. Xatto, akliy nukson ogirlashib boruvchi xolatda xam ruhiy rivojlanish davom etadi. Bola ruhiyati xar kanday ogir nuksonda xam rivojlanib borish xususiyatiga ega ekan. J.I.Shifning e’tirof etishicha, “Aqli zaif bola ruhiyati, normal bola ruhiyati kabi rivojlanish davrlarini boshidan kechiradi” Ruxiyatning rivojlanish konuniyatlariga ta’lim-tarbiya xam ma’lum darajada ta’sir etadi. Oligofreniya muammosiga bagishlangan adabiyotlarni taxlil kilsak, 2 ta uziga xos okimni kurish mumkin. Birinchi okim tarafdorlarining ta’kidlashlaricha, akli zaif bola u yoki bu darajada sodda, elementar bilimlarni uzlashtiradi. Ammo, ular umumlashtirish, abstraktsiyalash jarayonlarini normal bolalardek bajara olmaydilar. Ruxiyatning kaysi soxasini olmang, tarakkiyotda yukori darajaga eta olmaydilar. Bularning asosida etakchi kamchilik bulgan umumlashtirish jarayonlarining zaifligi yotadi. Ikkinchi yunalish L.S.Vigotskiy tomonidan ishlab chikilgan. Ruxiy tarakkiyotni yagona jarayon deb xisoblab, xar bir rivojlanish boskichi undan oldingi rivojlanish darajasiga bevosita boglikligini uktiradi. L.S.Vigotskiy birlamchi va ikkilamchi nuksonlarni ajrata bilish zarurligini kursatadi. “Dastlabki va tez-tez uchraydigan nukson psixologik funktsiyalarning rivojlanmasligidir. Buning asosida xotira, tafakkur, xarakter buzilishlari yotadi. Nuksonli bola ruhiyati rivojlanishining asosiy belgisi biologik va madaniy rivojlanish orasidagi bogliklikning buzilishidir”, - deb ta’kidlaydi L.S.Vigotskiy. Boladagi biologik nukson uz navbatida madaniy bilimlarni egallashga tuskinlik kiladi. L.S.Vigotskiy nazariyasiga kura, oliy ruhiy funktsiyalar - xotira, tafakkur, xarakter madaniy rivojlanish maxsulidir. Aqli zaif bola rivojidagi biologik va madaniy soxalarning bir-biridan uzoklashishi natijasida ulardagi intilish va talablar diagarmonik, uygun bulmagan tarzda shakllanadi. S.S.Korsakov 1905 yilda chop etilgan “Mikrotsefallar psixologiyasi” asarida “Chukur darajadagi akli zaif bolalarda atrofni bilishga bulgan intilish shakllanmagan” – deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlarni G.E.Suxareva uz ishlarida rivojlantiradi. M.G.Blyumina esa “Bogcha yoshidagi oligofren bolalarga bushlik, zaiflik, tashabbussizlik, kizikishlarning etishmasligi xosdir” – deb kursatadi. Shuni kayd etish urinliki, akli zaif bolalarda jinsiy etilish muddatidan birmuncha oldin patologik tarzda yuz beradi. Albatta, bu xolat nuksonli mazmun kasb etadi.Shuning asosida sekin-asta barcha ruhiy rivojlanish buzila boshlaydi. Aqli zaif bolalar nutki birmuncha sekin rivojlanib boradi. Buning natijasida akli zaif bolalar atrofidagilar bilan muomalasi kechikib boradi. Ma’lumki, jamoa bola ruhiyatining rivojida etakchi omil vazifasini utaydi. Ammo, akli zaif bolalar normal tengdoshlaridan ajralib, chetda koladilar. Aqli zaif bola ruhiyatining rivoji ichki va tashki noxush sharoitlar asosida kiyin amalga oshadi. Asosiy noxush omillarga boladagi kizikishlarning zaifligini, kiyin ukuvchanligini, yomon idrok etishlarini kursatish mumkin. Aqli zaif bolalardagi bunday xislatlar ichki biologik belgilardir. Shular asosida akli zaif bola, bolalar jamoasidan chetga chikib koladi. L.S.Vigotskiy uzining 1936 yilda chikkan “Tarakkiyot diagnostikasi va kiyin bolalikning pedalogik klinikasi” nomli asarida kuyidagi fikrlarni bildiradi. “Simptom birlamchi nuksondan kancha uzok tursa, shuncha oson tarbiyaga, davolashga beriladi”. Bu kullanmada nuksonlilikni erta diagnostika kilishning axamiyatli ekanligini aloxida kursatib utadi. Muammo yuzasidan salmokli ilmiy ishlar M.S.Pevzner va V.I.Lubovskiy faoliyatlariga tugri keladi. Ular uzlarining uzok yillik kuzatishlari asosida 1963 yilda “Oligofren bolalarning tarakkiyot dinamikasi” deb nomlangan fundamental asarlarida akli zaif bolalarning akliy tarakkiyotidagi samarali davrlarni kursatib berganlar. Mualliflarning ta’kidlashlaricha, ta’limning dastlabki yillaridagi xar taraflama pedagogik ta’sirga karamay, akli zaif bolalarning akliy rivoji sekin amalga oshar ekan. Aqli zaif bola tarakkiyotida 3-4 sinflar asosiy rol uynar ekan. Bu yoshlarda ularning akliy rivojida sezilarli siljishlar yuz berar ekan. Usmirlik davrida, egallangan bilimlar mustaxkamlanib borar ekan. Ammo, bilim egallash bilan, uni amalda kullay olish orasida katta fark yuzaga kelar ekan. Aqli zaif bolalarning ruhiy tarakkiyotida yukori sinflar etakchi rol uynar ekan. Albatta, olimlarning xulosalari asosiy, akli zaif bolalarning ko’pchiligiga taallukli. Bizningcha, ayrim akli zaif bolalar yukoridagi ayrim yosh davrlariga tula mos kelmasligi mumkin. Bu tabiiy xol, albatta. Aqliy zaif bolalarning intellektual tarakkiyotiga ta’limning ta’sirini chet el olimlari xam uziga xos yunalishlarda urganganlar. A.D.Klarkning e’tirof etishicha, ta’lim akli zaif bolalar akliy tarakkiyotiga samarali ta’sir etmas ekan. Muallif akli zaif bolalar bilan ishlashda asosan mashklar metodini taklif kiladi. Frantsuz olimi Klod Koler esa, akliy tarakkiyotda kul xarakati mashklarini ko’prok kullash lozimligini tavsiya etadi. Ammo, muallif turli kul xarakatlarining akli zaif bolaning umumiy tarakkiyotiga kanday ta’sir etishini bayon etmagan. Shveytsariyalik P.Moor esa, akli zaiflarga diniy tarbiya berishni tavsiya kiladi. 1963 yilda Angliyada Norman Ellis tomonidan akli zaif bolalar ruhiy jarayonlarining rivojlanish xususiyatlarini ochib berishga bagishlangan kullanma chop ettirildi. Yukoridagi mualliflar uz ishlarida asosan akli zaif bolalarning rivojlanishiga oid bir tomonlama yondashilgan ma’lumotlarni berganlar. Chet el olimlari orasida ilgor fikrli olimlar xam ko’pchilikni tashkil kiladi. Bularga misol kilib E.Xayssermanni, R.Zazzoni, Dj..Uortisni kursatishimiz mumkin. Bu mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, akli zaif bolalarda xam potentsial rivojlanish imkoniyatlari mavjud ekan. Aqli zaif bolalar ruhiyatining rivojlanish dinamikasini buzib kursatuvchi okimlar xam mavjud. Bularga misol kilib “chegara”, “tarakkiyotning tuxtashi”, “tarakkiyot chegarasi”, “degeneratsiya nazariyasi”, “axlokiy nuksonlilik” kabi kator noilmiy karashlarni kursatish mumkin. Ammo, ilgor chet el olimlarining va mamlakatimizning olimlari tomonidan kulga kiritilgan ilmiy tajriba ishlarining natijalari yukoridagi karashlarning asossizligini allakachonlar isbot kildi. Aqli zaif bolalar shaxsini psixologik, pedagogik, tibbiy urganish umumiy tarzda amalga oshirilgandagina yagona bir xulosaga kelish mumkin. Barcha ruxiy jarayonlarni urganish jarayonida ob’ektivlik, dinamiklik, analitik-sintetik, atroflilik, individual yondashish printsiplariga rioya kilishimiz darkor. Ob’ektivlik deganda, akli zaif bolalar ruxiyatini urganish ishlari real sharoitda, xayot jarayonida olib borilishi tushuniladi. Dinamiklik esa, akli zaif bola, ukuvchini urganish uning rivojlanishida, tarakkiyotida amalga oshiriladi. Analitik – sintetik printsipda esa, ruxiy jarayonlar, xolatlar atroflicha, xar tomonlama bogliklik xolatida taxliliy urganishni nazarda tutadi. Komplekslik printsipi esa, akli zaif bolalarni urganishda pedagogik, psixologik, tibbiy, logopedik tekshirishlarni birga olib borishni tushunamiz. Individual yondashish printsipi esa, bolani urganish vaktida kat’iy tarzda shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olishni tushunamiz. Usul tanlash xar bir tekshirishning maksadidan, vazifalaridan kelib chikadi. Ammo, barcha usullarda yukorida kayd etib utilgan printsiplarga amal kilish lozim. Aqli zaif bola ruxiyatini urganayotgan oligofrenopedagog uz oldiga kuyidagi vazifalarni kuyishi kerak: bola ruxiyatining rivojlanish xususiyatlarini aniklash; bola ruxiyatidagi nukson tuzilishini aniklash; bolaning akliy rivojlanish darajasi va xususiyatlarini ochish; akli zaif bola ruxiyatidagi ijobiy tomonlarini topish; akli zaif bola bilan olib boriladigan korrekitson, ta’lim-tarbiyaviy ishlarning samarali, maxsuldor sharoitlarini belgilab olish. Aqli zaif bola ruxiyatining uziga xos xususiyatlarini bilish asosida ular bilan olib boriladigan ukuv-tarbiyaviy ishlar mazmuni, moxiyati belgilanadi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy xujjatlari bilan tanisha borib, ukituvchi, tarbiyachi bolaning kasallik tarixi, kasallik koldirgan asorat xususiyatlarini taxlil kiladi. Aqli zaif bolalar ruxiyatini urganishning asosiy usullaridan biri bolani kuzatishdir. Maksadga muvofiklik, rejalilik, bir tizimdalik, tabiiylik bu usulning asosiy, ijobiy xususiyatlaridandir. Kuzatish usuli orkali tajriba utkazuvchi akli zaif bolaning bilish faoliyatlari xususiyatlarini, ukuv malakalarini egallash xususiyatlarining kechishi, malaka va kunikmalarning egallanishi, shaxsiy sifatlarning namoyon bulishini bilib olishga imkoniyat tugiladi. Aqli zaif bolalar ruxiyatini urganish uchun turli anketalardan xam foydalaniladi. Berilayotgan anketa savollari anik, puxta, mazmunli bulishi talab etiladi. Olingan javoblar chukur taxlil kilinadi, ularni kator matematik usullar orkali xam taxlil etilishi axamiyatlidir. Bu usullarga: alternativ, korrelyatsion va dispersion usullar kiradi. Alternativ taxlil orkali bolada biz urganayotgan sifatlar bor-yukligini aniklashga, ochib berishga yordam beradi. Korrelyatsion taxlil ruxiy xolatlarning belgilari orasida uzaro bogliklik borligini aniklashga yordam beradi. Dispersion taxlil bola ruxiyatiga ta’sir etadigan omillarning biz urganayotgan belgiga ta’sir rolini aniklashga yordam beradi. Kiskacha ayrim uslubiyatlar ustida tuxtalib utamiz. S e g e n t a x t a ch a s i Umuman, barcha bolalarning, xususan akli zaif bolalarning tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun kullanilishi mumkin. Segen doskasining tuzilishi kuyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu geometrik figuralar shaklida chukurchalar uyiladi. Uchburchak, turtburchak, kvadrat, aylana, romb, tugri turtburchak, trapetsiya kabi geometrik figuralarni tushuntirish asosida bolalardan tegishli chukurchalarga joylashtirishi talab etiladi. Ish tartibi kuyidagicha: dastlab tajriba utkazuvchi bolalarga chukurchalarga joylashtirilgan taxtachani kursatadi. Shundan sung u taxtachadagi figuralarni tukib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni uz joylariga joylashtirishni suraydi. Bu usul ayniksa, chukur akli zaif bolalarni bogcha yoshida urganishga yordam beradi. Bola gapirmasligi xam mumkin. Bu usulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan katta bolalar uchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aklan normal bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni tugri bajara oladilar. Aqliy nuksonlilar, ayniksa chukur akli zaif bolalar geometrik figuralarni paypaslaydilar, ogizlariga olib kuradilar, ularni stolga urib takillatadilar. Maksadsiz xarakat kiladilar, sinov va xato usullardan foydalanadilar. Bu bolalar kursatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba utkazuvchining berayotgan kursatmasini idrok kilishi, tushunib etishi xam diagnostik axamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, xar bir ukituvchi, tarbiyachilar mustakil ravishda yasab foydalanishlari mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling